Allamuratov Shuxrat Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Markaziy Osiyo kommunikatsiyasi va savdo-tranzit tizimida Amudaryoning o‘rni (XIX - XX asr boshlari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar795.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; Mavlanov O‘ktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX-XX asr boshlarida Markaziy Osiyo kommunikatsiyasi, savdo-tranzit aloqalarida Amudaryo suv yo‘li va kechuvlarining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan Amudaryo (Panj bilan birga)da 70 dan ortiq kechuvlar bo‘lganligi aniqlanib, ular mintaqadagi quruqlik hamda suv yo‘llarining o‘zaro kesishgan hududlarini bog‘lovchi ko‘prik sifatida qadimdan xalqlarni birlashtiruvchi vosita ekanligi dalillangan;
XIX-XX asr boshlarida Amudaryodagi mahalliy va rus kemachiligi holati, suv transporti vositalari navigatsiyasi, yuk tranzitidagi o‘zgarishlar ochib berilib, kemalardan harbiy-strategik maqsadlarda foydalanilganligi, ularning tranzit aloqalarida manzillarga tez hamda kamxarj etkazib berish vositasi ekanligi dalillangan;
dastlab harbiy-strategik maqsadlar uchun tashkil etilgan Amudaryo flotiliyasi keyinchalik Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Amudaryo bo‘limining daryo bo‘yidagi aholi manzillari, harbiy garnizonlar, bojxona-chegara punktlarini bog‘lovchi muhim ahamiyatga ega tranzit hamda kommunikatsiya tarmog‘iga aylanganligi aniqlangan;
Amudaryo orqali nafaqat uning atrofida yashovchi xalqlar mahsulotlari ayirboshlaganligi, balki suv yo‘li va unga yaqin savdo yo‘llari orqali butun mintaqa davlatlari bilan faol savdo-sotiq hamda tranzit aloqalari amalga oshirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Amudaryo suv yo‘li, kechuvlari, undagi mahalliy va rus kemachiligi orqali mintaqa kommunikatsiyasi, savdo-tranzit aloqalari rivoji tarixiga oid ma’lumotlar Termiz davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi “Surxondaryo tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 maydagi 89-01-373-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tanlov fani o‘quv dasturi va qo‘llanmasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Amudaryoning mintaqadagi quruqlik va suv yo‘llarining o‘zaro kesishgan hududlarini bog‘lovchi ko‘prik sifatida azaldan xalqlarni birlashtiruvchi vosita ekanligi, daryodagi kechuvlar, ular yaqinida barpo etilgan shaharlar suv yo‘lini nazorat qilganligi haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyat transport boshqarmasining ijtimoiy tarmoq (sahifa)laridagi daryo transportiga oid materiallarni keng targ‘ib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 2/2419-3372-son ma’lumotnomasi). Natijalar Amudaryo suv yo‘li va unda harakatlangan daryo transporti vositalarining shakllanishi haqidagi ma’lumotlarni boyitib, transport sohasi xodimlarining bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
XIX-XX asr boshlarida Amudaryo suv yo‘li, kechuvlari holati, undagi mahalliy va rus tijoriy kemachiligi tartiblari, paroxodlar navigatsiyasi hamda yuk tranzitidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 apreldagi 02-31-772-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Amudaryo va mintaqadagi suv yo‘llari haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida turkum teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish