Doniyorova Zuhrabonu Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalari rivojlanishining innovatsion strategiyalarini takomillashtirish», 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1404.
Ilmiy rahbar: Umarova Go‘zal G‘ayratovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Gulchehra Jalgasovna, iqtisodiyot  fanlari doktori, professor; Kasimova  Fatima Tulkunovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
II.    Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari, xususan farmatsevtika sanoati rivojlanishining innovatsion strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
farmatsevtika sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini  baholashda innovatsion faoliyatning salmoq koeffisientlari (mezonlari) innovatsion faoliyatning boshqaruv xarajatlari (r1=0,31), inson resurslari (r2=0,36) va xodimlarning innovatsion kompetentligi (r3=0,23) optimal darajasida  bo‘lishi asoslangan;
farmatsevtika korxonalarida innovatsion loyihalarni samarali amalga oshirishning eng yuqori natijasi (117 ball) va eng quyi chegarasi (39 ball) shkalasiga asoslanib, loyihaning boshlanishi (LB=0,69), rejalashtirish (R=19,6), amalga oshirish (B=3,7), monitoring va nazorat (MN=11,8), yakunlash (LY=0,12) bosqichlarning me’yoriy chegaralari taklif etilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat xarajatlari tarkibida inson resurslariga qilinadigan xarajatlar ulushi past daraja (2,9 - 4,6 foiz),  o‘rta daraja (4,7 - 9,8 foiz) hamda  yuqori daraja (9,9 - 11,6 foiz) chegaralarida baholash taklif etilgan;
ishlab chiqarishda band bo‘lgan resurslar natijadorligini oshirish negizida “Biotact” mas’uliyati cheklangan jamiyatni 2026 yilga qadar rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmatsevtika sanoati korxonalari rivojlanishining innovatsion strategiyalarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
farmatsevtika sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini  baholashda innovatsion faoliyatning salmoq koeffisientlari (K) innovatsion faoliyatning boshqaruv xarajatlari (r1=0,31), inson resurslari (r2=0,36) va xodimlarning innovatsion kompetentligini (r3=0,23) aks ettiruvchi mezonlar biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish sanoati korxonalarining innovatsion rivojlanish strategiyasi bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘yicha 2022 yil 25 iyulda “Poryadok i metodologiya sovershenstvovaniya innovatsionnix strategiy razvitiya predpriyatiy po proizvodstvu biologicheski aktivnix dobavok” nomli uslubiy qo‘llanmada tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08/34271-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomat-ligi xizmatining 2022 yil 28 oktyabrdagi 31-8/5971-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika sohasida innovatsion kompetentlik darajasini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilib, jumladan “Biotact” MChJda xodimlarning innovatsion kompetentlik darajasi 12,6 foizga oshirishga erishilgan;
innovatsion loyihalarni samarali amalga oshirishning eng yuqori natijasi (117 ball) hamda eng quyi chegarasi (39 ball) shkalasiga asoslanib, loyihani boshlanishi (LB=0,69), rejalashtirish (R=19,6), amalga oshirish (B=3,7), monitoring va nazorat (MN=11,8), yakunlash (LY=0,12) bosqichlarining me’yoriy chegaralarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘yicha 2022 yil 25 iyulda “Poryadok i metodologiya sovershenstvovaniya innovatsionnix strategiy razvitiya predpriyatiy po proizvodstvu biologicheski aktivnix dobavok” nomli uslubiy qo‘llanmada tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08/34271-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomat-ligi xizmatining 2022 yil 28 oktyabrdagi 31-8/5971-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika sohasida innovatsion kompetentlik darajasini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilib, jumladan  “Biotact” MChJda innovatsion loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqarishiga va jami ishlab chiqarilgan mahsulotda innovatsion mahsulotlarning ulushini 2020 yildagi 4,6 foizdan, 2021 yilda 10,5 foizga oshirishga erishilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat xarajatlari tarkibida inson resurslariga qilinadigan xarajatlar ulushi (2,9 foizdan 4,6 foizgacha) past daraja,  (4,7 foizdan 9,8 foizgacha) o‘rta daraja hamda  (9,9 foizdan 11,6 foizgacha yuqori daraja chegaralarida baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘yicha 2022 yil 25 iyulda “Poryadok i metodologiya sovershenstvovaniya innovatsionnix strategiy razvitiya predpriyatiy po proizvodstvu biologicheski aktivnix dobavok” nomli uslubiy qo‘llanmada tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08/34271-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil 28 oktyabrdagi 31-8/5971-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika sohasida innovatsion kompetentlik darajasini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilib, jumladan  “Biotact” MChJda innovatsion faoliyat xarajatlari tarkibida intellektual salohiyatni rivojlantirishga ajratiladigan xarajatlar miqdorini 3,7 foizdan 10,5 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
farmatsevtika tarmog‘i tarkibidagi “Biotact” MChJ korxonasining 2026 yilgacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari korxonaning iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda innovatsion strategiyasini takomillashtirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08/34271-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil  28 oktyabrdagi 31-8/5971-son ma’lumotnomasi). Natijada “Biotact” MChJ faoliyatini innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish