Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Farg‘ona landshaftlarining iqlim va er osti suvlari bilan o‘zaro ta’siri hamda ularning geoekologik  tahlili », 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Gr42.
Ilmiy maslahatchi: Abbasov Subxon Burxanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Botir Dadajonovich, gidrogeologiya va minerologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Janubiy Farg‘ona landshaftlarining rivojlanish tendensiyasiga iqlim ko‘rsatkichlari va er osti suvlari o‘zgarishining kompleks ta’sirini baholash, geoekologik jihatlarini aniqlash hamda optimallashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Farg‘ona landshaftlarining rivojlanish tendensiyasi ilk bor tabiiy geografik g‘oyalar rivojlanishining zamonaviy yo‘nalishlari yordamida (tabiiy-genetik, funksional-dinamik, tizimli, landshaft-ekologik, estetik, rekreatsion, kartografik) asoslangan;
landshaftlarning rivojlanish tendensiyasiga iqlim ko‘rsatkichlarining ta’siri bazaviy davrlar (1960-1990, 1990-2019) bo‘yicha taqqoslangan hamda shu ma’lumotlar to‘plami () orqali noaniqlik indeksi aniqlangan;
hududda mavjud burg‘i quduqlaridan foydalanib, er osti suvlarining gidrodinamik o‘zgarishini aniqlashning akustik usuli takomillashtirilgan;
landshaftlarga turli texnogen ta’sirlarni va er osti suvlari holatini hamda o‘simlik qoplamining 20 yillik o‘zgarish dinamikasini tasvirlovchi 1:800 000 masshtabli mavzuli kartalari tuzilgan;
ArcGIS va Visual MODFLOW texnologiyalari hamda erni masofadan zondlash usullarini qo‘llash asosida Janubiy Farg‘onaning landshaft va tuproq o‘zgarish dinamikasi kartalarining tahlili asosida o‘zlashtirilgan maydonlardan yiliga 0,6-1,9 mln tonna tuzlar er osti suvlari orqali oqib ketishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Landshaftlarning rivojlanish tendensiyasiga iqlim va er osti suvlari o‘zgarishini kompleks ta’sirini baholash va geoekologik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda samarali monitoring olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
landshaftlarning rivojlanishiga iqlim ko‘rsatkichlari er osti suvlari o‘zgarishining kompleks ta’siri tahlillari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 26 yanvardagi 00520-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini kadastrini optimal yuritish imkonini bergan;
Janubiy Farg‘ona landshaftlarining rivojlanish tendensiyasiga iqlim ko‘rsatkichlarining ta’sirini bazaviy davrlar (1960-1990, 1990-2019) bo‘yicha taqqoslash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazining 2022 yil 18 martdagi 30-09/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen va antropogen omillarning iqlim ko‘rsatkichlariga ta’sirini ma’lumotlar to‘plami () orqali noaniqlik indeksi aniqlash imkonini bergan;
Janubiy Farg‘ona landshaftlariga texnogen ta’sir natijasida er osti suvlari ifloslanishini o‘rganishda zamonaviy usullari yordamida mavjud burg‘u quduqlardagi infil`tratsiyasi aniqligini topishning zamonaviy usullari "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" DM va “Farg‘ona dala gidrogeologiya ekspedisiyasi” DKning er osti suvlari monitoringini olib borish ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 01-36 ma’lumotnomasi ). Natijada, Janubiy Farg‘ona landshaftlarida texnogen ta’sir natijasida er osti suvlari ifloslanishini o‘rganishda zamonaviy usullari yordamida mavjud burg‘u quduqlar infil`tratsiyasi aniqligini oshirish imkonini bergan;
hudud landshaftlarining rivojlanishiga iqlim ko‘rsatkichlari va er osti suvlari o‘zgarishining kompleks ta’siri tahlillari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida amaliyoiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 18 martdagi 30-09/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim ko‘rsatkichlari va er osti suvlarining hudud landshaftlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlarini amaliyotda keng qo‘llash imkonini bergan;
zamonaviy texnologiyalar yordamida ArcGIS va Visual MODFLOW texnologiyalari hamda erni masofadan zondlash usullari yordamida yaratilgan kartalari "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" DM hamda “Farg‘ona dala gidrogeologiya ekspedisiyasi” DKning er osti suvlari monitoringini olib borish ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 01-36-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishini er osti suvlariga bo‘ladigan ta’sirini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish