Usmanov Mashrab Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyatida turistik destinatsiyalarni tashkil etishning hududiy jihatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr148.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaxanov Shavkat Zoirjonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyatida turizm destinatsiyalarini hududiy tashkil etish imkoniyatlari va salohiyatini aniqlash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif-tavsiyalar hamda rivojlantirishning hududiy jihatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylari hamda turistik jozibador maskanlaridan foydalanish yo‘nalishlari ilmiy asoslangan;
Jizzax viloyatining ArcGIS dasturi yordamida tuzilgan (1:1000000 masshtabli) destinatsion-turistik rayonlashtirish hamda turistik destinatsiya ob’ektlar, tarixiy yodgorliklar va muqaddas diniy qadamjolarni o‘zida aks ettiruvchi (1:1000000 masshtabli) turistik kartalari yaratilgan;
viloyat miqyosida turistik destinatsiya ob’ektlari bilan bog‘lovchi yangi marshrutlar (Jizzax - Sharof Rashidov - Zomin - Yangiobod - Jizzax; Jizzax - Sharof Rashidov - G‘allaorol - Baxmal - Jizzax; Jizzax - Sharof Rashidov - Forish - Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi - Jizzax; Jizzax - Sharof Rashidov - Paxtakor - Do‘stlik - Arnasoy - Mirzacho‘l - Jizzax va b.) ishlab chiqilgan;
Jizzax viloyati turizmini kompleks rivojlantirishda tabiiy va madaniy turizm va rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda sayyohlik tashriflari bilan bog‘liq xizmatlarni hududiy tashkil etish, muammo va istiqbollarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyatida turistik destinatsiyalarni tashkil etishning hududiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublikamizda ilk bor “turizm destinatsiyasi” geografiyaning tadqiqot ob’ekti sifatida ajratilgan va Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylari hamda turistik jozibador maskanlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga doir ilmiy natijalari Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish dasturini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18-/3511-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyatidagi jozibador hududlar va maskanlarni turistik destinatsiya sifatida ajratish imkonini bergan;
Jizzax viloyatining 1:1000000 masshtabdagi destinatsion-turistik rayonlashtirish, turistik destinatsiya ob’ektlar, tarixiy yodgorliklar va muqaddas diniy qadamjolarni o‘zida aks ettiruvchi kartalari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan viloyat hududidagi destinatsion-turistik klasterlarni yaratish amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18-/3511-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuzilgan turistik kartalar viloyatni destinatsion-turistik rayonlashtirish va yangi maskanlarga turizm oqimini ko‘proq jalb etish imkonini bergan;
destinatsion-turistik maqsadlarida rayonlarga ajratish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan viloyatdagi destinatsion-turistik ob’ektlarni optimal joylashtirish va infratuzilmani tartibga solish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18-/3511-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning turistik destinatsiyalari resurs imkoniyatlarini baholash va aholiga turizm xizmatini ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish imkonini yaratgan.
Jizzax viloyati destinatsion-turistik ob’ektlarni baholashga doir ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida viloyatning yangi destinatsion-turistik marshrutlari sxemalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18-/3511-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular asosida viloyatda istiqbolli yangi turistik marshrutlar sonini ko‘paytirishga imkon yaratgan;
turizmni rivojlantirish maqsadlarida baholash mezonlari aks etgan 1:1000000 masshtabdagi Jizzax viloyatining turistik-destinatsiya kartasidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18-/3511-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi yangi destinatsion-turistik ob’ektlar, marshrutlar, hududlarning dam olish, sog‘lomlashtirish va turistik salohiyatidan samarali foydalanishni takomillashtirish, yangi turizm infratuzilma ob’ektlarini va marshrutlarini joylashtirish, sayyohlik tashriflar bilan bog‘liq xizmatlarni rivojlantirish imkonini bergan.