Sattarova Xulkar G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashni takomillashtirish», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B594.
Ilmiy rahbar: Xalikov Qaxxor Mirzaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xalimbetov G‘ulomjon Sultonovich, tibbiyot fanlari doktori; Safin Mars Gabdulhakovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va mix antigenlar biriktirilgan planshetni yaratish orqali O‘zbekistonda exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
exinokokkozni serologik tashxislashda qo‘llaniladigan «Vektor-Best» kompaniyasining (Novosibirsk) tijorat sinovi to‘plamining O‘zbekiston hududida exinokokk bilan zararlangan bemorlar organizmida hosil bo‘lgan immunoglobulinlarga nisbatan sezgirligi 77,4% va maxsusligi 71,2% aniqlangan;
exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarda biokimyoviy ko‘rsatkichlar (ALT, AST, biluribin, xolesterin) va ionlarning (Na, K, Ca, Fe) miqdoriy o‘zgarishlari aniqlangan;
O‘zbekiston hududida odamlar va chorva mollari orasida uchraydigan exinokokkoz chaqiruvchisi Echinococcosus granulosusning G1 – G3 shtammlarining uchrash darajasi asoslangan;
mahalliy chorva mollarining parazitar kista suyuqligi asosida yaratilgan mahalliy va mix antigenlar samaradorligi exinokokk bilan zararlangan bemorlar organizmida hosil bo‘lgan immunoglobulinlarga nisbatan sezgirligi 89,4% va maxsusligi 84,2% aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashda mahalliy antigenlarni qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 martdagi 8n-z/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashda mahalliy antigenlar asosida tayyorlangan sinov tizimlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
exinokokkoz kasalligini serologik tashxislashni takomillashtirishda mahalliy va mix antigenlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo va Navoiy viloyati boshqarmalarning parazitologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 08-31327-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli parenximatoz organlarida aniqlangan noma’lum kistalarni serologik yo‘l bilan oddiy yoki parazitarligini aniqlash hamda exinokokkoz kasalligi bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni skrining tekshiruvi orqali qayta kasallanishni oldini olish imkonini bergan.