Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmadaliev Abbosbek Usmonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni etishtirishda resurstejamkor texnologiya elementlarini takomillashtirish”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx830.
Ilmiy rahbar: Karabaev Ikramjan Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar insituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Artikbaev Baxtiyar Pirniyazovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida ekish oldidan tuproqqa Ilg‘or-1 kombinatsion agregati yordamida ishlov berib, bir yo‘la pushta olishning tuproq unumdorligini saqlash hamda ekinlardan mo‘l hosil etishtirishning resurstejovchi agrotexnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning «Krasnodarskaya-99» va moshning «Pobeda-104» navini takroriy ekin sifatida parvarishlashda ekish oldidan kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir vaqtda 30-35 sm balandlikka pushta olib, ekilganda o‘tmishdosh ekindan qolgan ildiz-ang‘iz qoldiqlari hisobiga tuproqdagi umumiy azotni 0,91%, fosforni 0,30%, kaliy miqdorini esa 0,84% gacha oshishi aniqlangan;
erga ekish oldidan resurstejamkor texnologiya orqali ishlov berib, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni ekishda texnika vositalari yordamida ishlov berish sonini 4 martaga kamaytirish natijasida tuproqning xajm massasi 0,004-0,022 g/sm3 gacha yaxshilangan, agronomik jihatdan foydali zarrachalar miqdori 0,3-1,5% gacha va g‘ovaklikni esa 0,2-0,8% gacha ortgani aniqlangan;
Ilg‘or-1 kombinatsion agregati bilan ishlov berib, bir vaqtda 30-35 sm balandlikka pushta olinib, kuzgi bug‘doy urug‘lar ekilganda boshqa ishlov berish usullariga nisbatan umumiy poyalar soni 3,6-4,3 donagacha, shundan mahsuldor poyalar soni 8,1-40,1 donagacha, bir boshoq uzunligi 0,1-0,3 sm gacha, bir boshoqdagi don soni 0,4-0,8 donagacha, bir boshoqdagi don og‘irligi 0,01-0,02 gramgacha, 1000 dona don og‘irligi esa 0,2-0,6 grammgacha, takroriy moshning bo‘yi 0,8-3,6 sm gacha, hosil shohi 0,1-0,4 donagacha, dukkaklar soni 0,4-1,4 donagacha, 1000 dona don og‘irligi esa 0,2-0,5 grammgacha yuqori bo‘lgani aniqlangan;
resurstejamkor texnologiya yordamida ekish oldidan ishlov berish texnologiyasi qo‘llanilganda boshqa ishlov berish usullariga nisbatan kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarning (9-10 kun) erta unib chiqishi hamda o‘sishi, rivojlanishini  yaxshilanishi natijasida kuzgi bug‘doydan 7,9 s/ga gacha, takroriy moshdan esa qo‘shimcha 2,6 s/ga gacha don hosil olishga erishilgan;
erga ekish oldidan ishlov berishda resurstejamkor texnologiya asosida ishlov berib, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni ekishda texnika vositalari yordamida ishlov berish sonini 4 martagacha kamaytirish hisobiga rentabellik darajasi kuzgi bug‘doy maydonida 51,6 foizni, takroriy ekin sifatida parvarishlangan moshda esa 72,9 foizni tashkil etganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqqa ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasini uning unumdorligiga, asosiy va takroriy ekinlarning hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklariga «Kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlardan yuqori hosil etishtirishda erga ishlov berish agrotexnologiyasini takomillashtirish» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 02/23-04/888-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyatining paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarda kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan erga ishlov berishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa ekish oldidan kombinatsion Ilg‘or-1 agregati yordamida ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida 116,4  gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 02/23-04/888-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy hamda takroriy ekin moshning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri etib, kuzgi bug‘doydan 63,3 s/ga, takroriy ekin sifatida ekilgan moshdan 19,7 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 39,6-65,3 % ni tashkil etgan;
kuzgi bug‘doy va takroriy ekin sifatida mosh ekinini parvarishlashda Ilg‘or-1 kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir vaqtdapushta olib, ekish resurstejamkor agrotexnologiyasi Izboskan tumanida 93,2 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 02/23-04/888-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlar ekishdan oldin erga asosiy ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga kuzgi bug‘doydan 62,3 s/ga, moshdan 22,0 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi ekin turiga qarab 41,3-71,2% gacha tashkil  etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish