Umarova Mohira Azim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “XX asr o‘zbek nasri namunalarining urdu tilidagi tarjimalarida milliy koloritning ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil.1310.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Muhayyo Hakimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek nasri namunalarining urdu tiliga qilingan tarjimalari asosida milliy koloritni ifoda etish usullari, asarlarda uchragan milliy xos so‘zlar, olqish, tilak, duo, qarg‘ish, murojaat birliklarining milliy koloritni yuzaga chiqarishdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arb va Sharq tarjimashunoslik maktabi vakillarining «madaniyat», «madaniyatga oid birliklar» hamda rus va o‘zbek tarjimashunoslik maktabi vakillarining «milliy kolorit» va uni yuzaga chiqaruvchi vositalar «realiya», «xos so‘zlar», «milliy xos so‘zlar» singari tushunchalarning badiiy asarlar tarjimasida milliy koloritni yuzaga chiqarishda bajaradigan vazifalarining o‘zaro umumiy va farqli jihatlari asoslangan;
Manzar Salim va uning o‘zbek adabiyoti namunalarini urdu tiliga tarjima qilishdagi tarjimonlik mahorati hamda mutarjimning turli xalqlar adabiyoti namunalarini urdu tiliga o‘girishdagi zamon va makon nuqtai nazaridan so‘z tanlay olish qobiliyati, o‘zbek milliy koloritini urdu tiliga qilingan tarjimalarda aks ettirishdagi o‘rni ochib berilgan;
urdu tilidagi badiiy tarjimalarda milliy koloritni yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi xos so‘zlar – egulik, oziq-ovqat, kiyim-kechak va kishi ismlarining o‘rni ko‘rsatilib, tarjimada qo‘llanilgan transliteratsiya, analogiya, aniqlashtirish, generalizatsiya, tushirib qoldirish, so‘z qo‘shish va so‘zma-so‘z tarjima usullari aniqlangan;
badiiy asarlarda milliy koloritni yuzaga chiqarishda olqish, duo, tilak va qarg‘ish so‘zlarining xalqning milliy mentaliteti, dunyoqarashi va azaliy an’analarga tayanishda alohida o‘ringa egaligi asoslanib, bunday so‘zlarning ayol va erkak nutqida farqlanishi isbotlangan;
murojaatlarni ifodalashda o‘zbek va urduzabon xalqlarning milliy mentalitetining muhimligi hamda pokistonliklarda murojaatni ifoda etishda jins va ijtimoiy mavqening o‘rni ahamiyatga egaligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi XX asr o‘zbek nasri namunalarining urdu tilidagi tarjimalarida milliy koloritning ifodalanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Manzar Salim va uning o‘zbek adabiyoti namunalarini urdu tiliga tarjima qilishdagi tarjimonlik mahorati, jumladan, G‘. G‘ulomning “Shum bola” " سرگزشت ایک لڑکے کی " [Sarguzasht ek laRke: ki:] va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” ظہیرالدین بابر"  "  [Zahiruddin Ba:bar] asarlarining urdu tilidagi tarjimalarida milliylik va milliy koloritning ifodalanishi hamda tarjimalarda ularni aks ettirish usullari haqidagi ilmiy qarashlardan hamda Manzar Salimning turli xalqlar badiiy adabiyotini o‘girishdagi mahorati va tarjimonlik faoliyati haqidagi olingan ilmiy xulosalardan World Urdu Association (India) ning nazariy seminarlarida, ilmiy muhokamalarida foydalanilgan (World Urdu Association (India) ning 2022 yil 22 maydagi 18865218463-son ma’lumotnoma). Natijada tarjimashunoslikning muhim masalalaridan biri bo‘lgan milliy xos so‘zlar va ularni tarjimada, xususan, urdu tilidagi tarjimalarda yuzaga chiqarish usullari bo‘yicha adabiy tarjima bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarning bilim va malakasini oshishiga va tarjimon M.Salimning tarjimonlik faoliyati haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan;
G‘arb va Sharq tarjimashunoslik maktabi vakillarining «madaniyat», «madaniyatga oid birliklar» hamda rus va o‘zbek tarjimashunoslik maktabi vakillarining «milliy kolorit» va uni yuzaga chiqaruvchi vositalar «realiya», «xos so‘zlar», «milliy xos so‘zlar» singari tushunchalarning badiiy asarlar tarjimasida bajaradigan vazifalarining o‘zaro umumiy va farqli jihatlari o‘zaro taqqoslanganda olingan nazariy fikrlar, xulosa va asarlarni o‘zaro chog‘ishtirish jarayonida yuzaga kelgan tahlillar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar bo‘limining ilmiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 12 maydagi 01-03 /660-son ma’lumotnoma). Natijada xalqaro aloqalarning asosi bo‘lgan tarjimashunoslikning muhim masalalaridan biri bo‘lgan xos so‘zlar va ularni tarjimada yuzaga chiqarish usullari bo‘yicha badiiy tarjima bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarning bilim va malakasini oshishiga xizmat qilgan;
urdu tilidagi badiiy tarjimalarda milliy koloritni yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi xos so‘zlar – egulik, oziq-ovqat, kiyim-kechak va kishi ismlarining o‘rni hamda olqish, duo, tilak va qarg‘ish so‘zlarining xalqning milliy mentaliteti, dunyoqarashi va azaliy an’analarga tayanishda alohida o‘ringa egaligi asoslanib qilingan ilmiy xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Mundarija” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 maydagi 01-14/106-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natija ko‘rsatuvning ommaviyligi, tayyorlangan materialning mazmunan boyishiga va tomoshabinga dalillar asosida etkazilishiga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish