Sobirova Dilnoza Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy reklamalarning sotsiopragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1091.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Ma’dievna, filologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy aloqa shakli sanalgan tibbiy reklamaning ta’rifi, tasnifi, vazifalari masalasini yoritish hamda tibbiy reklama matnlarining sotsiopragmatik, milliy-etnik xususiyatlarini aniq-lashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi tibbiy reklama matnlari sotsiopragmatik nuqtai nazardan ushbu matnlarning sotsiolingvistik, prag-malingvistik, linvokul`turologik xususiyatlari adresant-matn-adresat-dan iborat uchlik asosida ochib berilgan;
tibbiy mahsulot reklamasi diskursida kommunikativ intensiya, uning eksplisit hamda implisit ifodalanishi, tibbiy reklamalarda nutqiy akt, reklama matnida uning semantik, struktural xususiyatlariga ko‘ra turlarining voqelanishi asoslanib, reklama matnida lokusiya, illokusiya, perlokusiya yaxlit bir butunlik sifatida muhim ahamiyatga ega nutqiy faoliyat ekanligi aniqlangan;
tibbiy reklama matnlarida qo‘llanuvchi adresatga ekspressiv ta’sir etish usullari (kasallik belgilarini ro‘yxatlash, kontrast, intertestuallik)ni, shuningdek, tibbiy reklamalarda ratsional va hissiy motivlardan foydalanishga doir muammolarni yoritish bilan bog‘liq nazariy xulosalar soha lingvistikasi rivoji uchun samarali bo‘lgan ilmiy yondashuvlarning yuzaga kelishiga xizmat qilishi dalillangan;
reklama matnlarida ishonchli axborot berish, qisqa jumlalar orqali keng ma’noni ifodalash, reklama matnini yaratishda adresatlarning ijtimoiy-demografik (yoshi, jinsi, millati, ta’lim darajasi) hamda psixografik (adresatning yashash tarzi, kundalik hayoti) xususiyatlarining inobatga olinishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy reklamalar-ning sotsiopragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tibbiy reklamalarning leksik-stilistik, kognitiv-morfologik va sintagmatik-struktur xususiyatlari, ularning sotsiopragmatik hamda lingvomadaniy jihatlariga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 29 apreldagi 17.01/103-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda asoslangan tibbiy reklama matnlarida qo‘llanuvchi birliklarning lisoniy xususiyatlari xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar fundamental loyihaning mukammallashishiga xizmat qilgan;
reklama matnlarida ishonchli axborot berish, qisqa jumlalar orqali keng ma’noni ifodalash, reklama matnini yaratishda adresatlarning ijtimoiy-demografik (yoshi, jinsi, millati, ta’lim darajasi) hamda psixografik (adresatning yashash tarzi, kundalik hayoti) xususiyatlarining inobatga olinishi lozimligi ilmiy asoslanganiga doir xulosalaridan Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 29 apreldagi 17.01/103-son dalolatnomasi). Natijada fundamental loyiha illokutiv fe’llarning hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq tillarida qo‘llanish doirasini qiyoslab o‘rganishga doir ilmiy xulosalarni boyitish imkonini bergan;
tibbiy reklama matnlarida qo‘llanuvchi adresatga ekspressiv ta’sir etish usullari (kasallik belgilarini ro‘yxatlash, kontrast, intertestuallik)ni, shuningdek, tibbiy reklamalarda ratsional va hissiy motivlardan foydalanishga doir muammolarni yoritish bilan bog‘liq nazariy xulosalar soha lingvistikasi rivoji uchun samarali bo‘lgan ilmiy yondashuvlarning yuzaga kelishiga xizmat qilishi dalillanganiga oid xulosalaridan Buxoro davlat universitetida 2020–2021 yillarda bajarilgan A-OT-2021-2 raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universi-tetining 2022 yil 17 maydagi 06/03-1-1-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy reklamalarning matniy xususiyatlari, sotsiopragmatik jihatlari dalillangan ilmiy-nazariy qarashlar «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasi»ning yaratilishida lingvistik ta’minot vazifasini bajargan.