Rasulov Akbar Nomozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida iqtisodiy bilim bilim asoslari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (8-9 sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2078.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Obloqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Raxmatillaeva Durdona Ravshanona, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishning metodik tuzilmasi kognitiv, baholovchi-faoliyatli, emotsional-irodaviy komponentlarni o‘quvchilarning “yaqin rivojlanish sohalari” (ekologik, industrial) parametrlari bilan ijtimoiy transformatsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
klasterli yondashuv asosida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish mazmunini pedagogik loyihalash jarayonlari iqtisodiy ta’limning o‘zaro bog‘liq tashqi (ijtimoiy-iqtisodiy) va ichki (xususiy-pedagogik) omillarining empirik ta’siri dinamikligini ta’minlaydigan qadriyatli yo‘naltirilgan ta’lim falsafasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sub’ektlarining faol hamkorlikdagi faoliyatiga asoslangan “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishning tashkiliy, texnologik, amaliy metodik shart-sharoitlari ongli tanlov va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan modellashtirilgan mashqlar, iqtisodiy mazmunga ega tadqiqotchilik topshiriqlari, o‘quv loyihasi kabi faol ta’lim metodlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida mehnatsevarlik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik, tashabbuskorlik kabi iqtisodiy zaruriy sifatlarni shakllantirish jarayonlari oilaviy xo‘jalik iqtisodini o‘qitish jarayoni samaradorligini ta’minlaydigan didaktik vositalarni (biznes-reja, mahorat darslari ishlanmalari, moliyaviy savodxonlikni baholash testlari, chizma-tasviriy modellar) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishning metodik tuzilmasini kognitiv, baholovchi-faoliyatli, emotsional-irodaviy komponentlarni o‘quvchilarning “yaqin rivojlanish sohalari” parametrlari bilan ijtimoiy transformatsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, klasterli yondashuv asosida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish mazmunini pedagogik loyihalash jarayonlarini iqtisodiy ta’limning o‘zaro bog‘liq tashqi va ichki omillarining empirik ta’siri dinamikligini ta’minlaydigan qadriyatli yo‘naltirilgan ta’lim falsafasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Iqtisodiy bilim asoslari” fani Milliy o‘quv dasturi va darsliklarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 14 sentyabrdagi 01/11-01/9-1471-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida mehnatsevarlik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik, tashabbuskorlik kabi iqtisodiy zaruriy sifatlarni shakllantirish jarayonlari oilaviy xo‘jalik iqtisodini o‘qitish jarayoni samaradorligini ta’minlaydigan didaktik vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Economy dictonary”nomli izohli lug‘at mobil ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 14 sentyabrdagi 01/11-01/9-1471-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.