Mamurova Dilfuza Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped972.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamolov Iftixor Baxtierovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonining axborot-izlanishli, o‘quv-kommunikativ, illyustrativ-demonstratsion, konsul`tativ komponentlari o‘quv jarayonini blok-modulli ko‘rinishda loyihalashning adaptatsiya, indivduallashtirish, vizualizatsiya, interaktivlik tamoyillarining didaktogen xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonlarining o‘ziga xosliklari chizma mahsulotini yaratishda 3D texnologiyalarga asoslangan KOMPAK 3D, AutoCAD, 3Ds Max dasturiy tizimlarni infografika, rastrli, vektorli, fraktalli grafiklar kabi chizma-tasviriy modellar bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayoni modelining texnologik komponenti AutoCAD dasturiy vositasi asosida interaktiv mashqlar to‘plamini intensiv loyihalash, virtual laboratoriya praktikumlar bo‘yicha masofaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini axborot maydonini yaratish orqali takomillashtirilgan;
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonining metodik ta’minoti elektron kutubxona, virtual laboratoriyalar kabi elektron ta’lim resurslaridan iborat maxsus tashkil etilgan ochiq axborot-ta’limiy muhitni yaratish bo‘yicha talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonini takomillashtirish metodikasi mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot doirasida:
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonining axborot-izlanishli, o‘quv-kommunikativ, illyustrativ-demonstratsion, konsul`tativ komponentlarini o‘quv jarayonini blok-modulli ko‘rinishda loyihalashning adaptatsiya, individuallashtirish, vizualizatsiya, interaktivlik tamoyillarining didaktogen xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan kasbiy ta’lim yo‘nalishlari uchun “Chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i). Natijada, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib chizmachilik fanini o‘qitish mazmuni takomillashtirilgan;
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonining metodik ta’minotini elektron kutubxona, virtual laboratoriyalar kabi elektron ta’lim resurslaridan iborat maxsus tashkil etilgan ochiq axborot-ta’limiy muhitni yaratish bo‘yicha talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan kasbiy ta’lim yo‘nalishlari uchun “Chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i). Natijada, talabalarning axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga doir kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonlarining o‘ziga xosliklarini chizma mahsulotini yaratishda 3D texnologiyalarga asoslangan KOMPAK 3D, AutoCAD, 3Ds Max dasturiy tizimlarni infografika, rastrli, vektorli, fraktalli grafiklar kabi chizma-tasviriy modellar bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirish modelining texnologik komponentini AutoCAD dasturiy vositasi asosida interaktiv mashqlar to‘plamini intensiv loyihalash, virtual laboratoriya praktikumlar bo‘yicha masofaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini axborot maydonini loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida Chizmachilik.uz sayti yaratilgan hamda YouTubeda maxsus videodarslar joylashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2790-son ma’lumotnomasi). Natijada, chizmachilik fanini kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish jarayonlarini didaktik loyihalash samaradorligini oshirishga erishilgan.