Kenjaev Shavkatjon Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped758.
Ilmiy rahbar: Rahimov Baxtiyor Xudoyberdivich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kuronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kelgusi faoliyatida o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari (pedagogik madaniyat, intellektual faollik, korreksiya)ga qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini kognitiv-maqsadli ta’minlash asosida anglash, uqtirish, o‘zlashtirish kabi didaktik bosqichlar takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlashning kasbiy kompetensiya komponentlari tarbiyaviy jarayon dinamikasiga tarbiya metodlar (debat, fasilitatsiya)ni assosatsiv integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayoni samaradorligi kasbiy mahorat (o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik texnikaga ega bo‘lish), deontologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalarini motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlashning an’anaviy usullari didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligiga asoslangan «Intensiv tarbiya-taraqqiyot garovi» nomli yangi texnologik kouching dasturini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilar kelgusi pedagogik faoliyatlarida o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kelgusi faoliyatida o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlarga qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini kognitiv-maqsadli ta’minlash asosida anglash, uqtirish, o‘zlashtirish kabi didaktik bosqichlarini takomillashtirishga oid takliflardan «O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi» nomli o‘quv qo‘llanmani shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 maydagi 89-03-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida huquqbuzarlik holatlari keskin kamaygan va o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga oid nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash usullari boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlashning kasbiy kompetensiya komponentlari tarbiyaviy jarayon dinamikasiga tarbiya metodlar (debat, fasilitatsiya)ni assosatsiv integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan F3-2016-0910202206 raqamli «Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari» mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida “O‘quvchilarni ijtimoiy-pedagogik tarbiyalash mexanizmlari” qismida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 maydagi 89-03-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalari sezilarli darajada oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayoni samaradorligi kasbiy mahorat (o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik texnikaga ega bo‘lish), deontologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalari motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida takomillashtirilgan hamda bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tarbiya berishga tayyorlashning an’anaviy usullari didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligiga asoslangan «Intensiv tarbiya-taraqqiyot garovi» nomli yangi texnologik kouching dasturini tatbiq etish asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan ko‘rsatmalari “O‘zstandart” agentligining Davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 apreldagi 89-03-1360-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik texnologiyalar” kurslari va “Kasb tarbiyasi”kabi maxsus kurs fanlar o‘quv dasturi takomillashtirilgan, nazariy va amaliy jihatiga ko‘ra mazmunan boyitilgan.