Nazarov Azamat Sottarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshqaruv faoliyatida qaror qabul qilish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P377.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqaruv faoliyatida qaror qabul qilish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda unga ta’sir etuvchi omillarni tahil qilish orqali mazkur tizimni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv faoliyati rahbar xodimlarida muammoli vaziyatlarda o‘zini tutish, hukmronlikka intilish sifatlarining shakllanganlik darajasiga ko‘ra, «boshqaruv jarayoniga ratsional munosabat», «qaror natijasini prognozlash» va «hushyorlik» kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga irodaviy akt asosida ustuvorlik berish orqali konstruktiv qaror qabul qilish ko‘nikmasining rivojlanishi dalillangan;
rahbarning «dispozision» integral lokolizatsiyasining ijtimoiy mas’uliyat, mustaqillik hissining shaxslararo munosabatlardagi tolerantlikni rivojlantirish natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning identifikatsiyalanishi asoslangan;
rahbarlardagi shaxsiy sifatlarning klassifikatsiyalanishiga ko‘ra, ijtimoiy-axloqiy, emotsional etuklik va ijtimoiy intellekt rivojlanishi dinamikasi asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijrosini ta’minlanlash jarayonidagi xatti-harakatlar transformatsiyasini prognozlash tamoyillari takomillashtirilgan;
rahbar xodimlarda maqsadli qaror qabul qilish ko‘nikmasining rivojlanganligiga ko‘ra, muammodan qochish pozisiyasining muammoli vaziyatlarga nisbatan frustratsion tolerantlikni refleksiv kuchaytirish, eksternal lokus nazorat va hukmronlikka intilish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shakllanishiga teskari proporsional ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqaruv faoliyatida qaror qabul qilish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
boshqaruv faoliyati rahbar xodimlarida muammoli vaziyatlarda o‘zini tutish, hukmronlikka intilish sifatlarining shakllanganlik darajasiga ko‘ra, «boshqaruv jarayoniga ratsional munosabat», «qaror natijasini prognozlash» va «hushyorlik» kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga irodaviy akt asosida ustuvorlik berish orqali konstruktiv qaror qabul qilish ko‘nikmasining rivojlanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-sonli buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi boshqaruvidagi rahbar xodimlarning kasbiy faoliyatida qaror qabul qilish jarayonining shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
rahbarning «dispozision» integral lokolizatsiyasining ijtimoiy mas’uliyat, mustaqillik hissining shaxslararo munosabatlardagi tolerantlikni rivojlantirish natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning identifikatsiyalanishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixodiagnostik tadqiqot asosida shakllantirilgan metodik testlardan oliy o‘quv yurti rahbar xodimlari qaror qabul qilishi jarayonining metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
rahbarlardagi shaxsiy sifatlarning klassifikatsiyalanishiga ko‘ra, ijtimoiy-axloqiy, emotsional etuklik va ijtimoiy intellekt rivojlanishi dinamikasi asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijrosini ta’minlanlash jarayonidagi xatti-harakatlar transformatsiyasini prognozlash tamoyillarini takomillashtirishga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-sonli buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologiya yo‘nalishi tinglovchilarining rahbar shaxsi bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
rahbar xodimlarda maqsadli qaror qabul qilish ko‘nikmasining rivojlanganligiga ko‘ra, muammodan qochish pozisiyasining muammoli vaziyatlarga nisbatan frustratsion tolerantlikni refleksiv kuchaytirish, eksternal lokus nazorat va hukmronlikka intilish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shakllanishiga teskari proporsional ekanligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-64-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari tizimidagi psixologlar, o‘qituvchilar hamda talabalarning qaror qabul qilish jarayonining shakllanishi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar samaradorligini oshirishga erishilgan.