Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdullaev Elmurod Bozarboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Inson kapitali namoyon bo‘lishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal508.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Lolaxon Abdulxodimovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyaz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda inson kapitali shakllanishining ijtimoiyfalsafiy omillarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda inson kapitalini shakllanishiga jahon miqiyosida kechayotgan axborotlashuvning ta’siri toboro kuchayib borishi ta’sir ko‘rsatayotgani va buning oqibatida inson kapitali sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishlarga yuz tutayotgani ochib berilgan;
inson kapitali ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi millatning evolyusion qobiliyati sifatida namoyon bo‘lishi va uning natijasida inson kapitalining miqdoriy o‘zgarishlari dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan;
jamiyatning intellektual kapitali ma’naviy-intellektual salohiyat orqali darajalanishi hamda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi farqlanishni bartaraf etishda ijtimoiy-iqtisodiy resurslardan foydalanish – yashashning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib borish orqali erishish istiqbollari aniqlangan;
inson kapitali shakllanishiga inson faoliyatning mohiyati, shuningdek ijtimoiy va tabiiy omillar ta’siri ko‘rsatishi, ularning determinantligi esa jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitali namoyon bo‘lishining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berish sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
O‘zbekistonda inson kapitalini shakllanishiga jahon miqiyosida kechayotgan axborotlashuvning ta’siri toboro kuchayib borishi ta’sir ko‘rsatayotgani va buning oqibatida inson kapitali sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishlarga yuz tutayotgani ochib berilganiga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 martdagi 06-31-648-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson kapitali tushunchasining ta’rifi va mazmun-mohiyati, ijtimoiy-falsafiy tahlili, paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish evolyusiyasi, Sharq va G‘arb olamida inson kapitalining bosib o‘tgan rivojlanish bosqichlari hamda yurtimizda inson kapitalining taraqqiyot istiqbollari, inson kapitalining turlari va ko‘rinishlari ilmiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritib berilgan;
inson kapitali ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi millatning evolyusion qobiliyati sifatida namoyon bo‘lishi va uning natijasida inson kapitalining miqdoriy o‘zgarishlari dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlanganiga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining “Jamiyatda iqtidor va salohiyatni rivojlanishi, o‘z qobiliyatlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarish  maqsadida ilmiy muhitni yaratish”, shuningdek, “Partiyalarning ma’naviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish vazifalari”, “Teng imkoniyat, sifat va barcha uchun farovon turmush tarzini barpo etish” hamda “Jamiyatni intellektuallashtirish – raqobatbardosh kadrlar kafolatidir” nomli bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zLiDeP Markaziy Kengashining 2021 yil 23 apreldagi 01-27/1340-sonli dalolatnomasi). Natijada, inson intellekti axloqiy, iqtisodiy, axloqiy va qobiliyat shuningdek, mehnat, dam olish, moddiy ehtiyoj kabi tabiiy omillar evaziga namoyon bo‘lishi yuzasidan bilim va ko‘nikmalar orttirilgan;
jamiyatning intellektual kapitali ma’naviy-intellektual salohiyat orqali darajalanishi hamda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi farqlanishni bartaraf etishda ijtimoiy-iqtisodiy resurslardan foydalanish – yashashning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib borish orqali erishish istiqbollari aniqlanganiga doir taklif va tavsiyalardan oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun nashr etilgan «Falsafa»  (Antropologiya. Elitologiya va inson kapitali) o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-545-sonli buyrug‘i). Natijada, inson kapitalining falsafiy fanlarga dahldarlik darajasi, gnoseologik ta’limotlarning mohiyatini yoritishga erishilgan;
inson kapitali shakllanishiga inson faoliyatning mohiyati, shuningdek ijtimoiy va tabiiy omillar ta’siri ko‘rsatishi, ularning determinantligi esa jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanishi aniqlanganiga doir taklif va tavsiyalardan Mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan bajarilayotgan 44-13/94-son “O‘zbekiston - tinchlik, barqarorlik, ezgulik va xotirjamlik diyori” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 20 yanvardagi 21-son dalolatnomasi). Natijada, kambag‘allikni kamaytirish va bartaraf etish mexanizmlari inson resurslari va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar evaziga shakllanib borishi ochib berilgan hamda bu borada olib borilyotgan ishlarni sifat jihatdan yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish