Sayt test rejimida ishlamoqda

Egamberdiev Farxod To‘xtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir basketbolchilarda irodaviy sifatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar», 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P235.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Baxrom, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Maxmudov A’zam Muxtorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yoshdagi basketbolchilarda irodaviy sifatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash hamda uning o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘smir basketbolchilarda ijtimoiy frustratsiyaning darajaviy namoyon bo‘lishi ijtimoiy vaziyatlarda impunitiv xatti-harakatlarning  «muammoga yo‘nalgan», «Menni himoyalashga yo‘nalgan» reaksiya tiplari bilan uyg‘unlashuvi ijtimoiy mas’uliyat, qat’iyatlilikni differensial rivojlantirganligiga asoslanib, ulardagi irodaviy sifatlarni shakllanishiga ko‘p vektorli ta’sir etishi dalillangan;
o‘smir basketbolchilarda «engib o‘tuvchi xulq-atvor»ni rivojlanganligiga ko‘ra, jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatda «vaziyatni engib o‘tish», «oqilona harakat», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish» xulq strategiyalarini lokus nazoratning ta’sirida kuchayishi tufayli, irodaviy sifatlarni shakllanishida differensial farqlar kuzatilishi asoslangan; 
o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy foliyatda sport taktikasini qo‘llash bilan bog‘liq oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsionalligi isbotlangan;
basketbolchilarning musobaqaga  psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, ichki motiv, emotsional intellektni «jamoaviy hamkorlik» qadriyati ta’sirida rivojlanishiga asoslanib,  psixokorreksion faoliyatga mualliflik «O‘smir basketbolchi-sportchilarda irodaviy sifatlarni shakllantirish modeli»ni kiritish samarali ekanligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir basketbolchilarda irodaviy sifatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir basketbolchilarda ijtimoiy frustratsiyaning darajaviy namoyon bo‘lishi ijtimoiy vaziyatlarda impunitiv xatti-harakatlarning «muammoga yo‘nalgan», «Menni himoyalashga yo‘nalgan» reaksiya tiplari bilan uyg‘unlashuvi ijtimoiy mas’uliyat, qat’iyatlilikni differensial rivojlantirganligiga asoslanib, ulardagi irodaviy sifatlarni shakllanishiga ko‘p vektorli ta’sir ko‘rsatishiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a sonli buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a son ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriyaning ilmiy-metodik ta’minotining boyishini ta’minlangan;
o‘smir basketbolchilarda«engib o‘tuvchi xulq-atvor»ni rivojlanganligiga ko‘ra, jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatda «vaziyatni engib o‘tish», «oqilona harakat», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish» xulq strategiyalarini lokus nazoratning ta’sirida kuchayishi tufayli, irodaviy sifatlarni shakllanishida differensial farqlar ko‘rsatkichlariga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a sonli buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir yoshdagi basketbolchi sportchilarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorligini aniqlashning psixodiagnostik vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
o‘smirlarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy foliyatda sport taktikasini qo‘llash bilan bog‘liq oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsionalligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a sonli buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida o‘smirlik davrida irodaviy sifatlarga xos xususiyatlar bilan bog‘liq ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
basketbolchilarning musobaqaga  psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, ichki motiv, emotsional intellektni «jamoaviy hamkorlik» qadriyati ta’sirida rivojlanishiga asoslanib,  psixokorreksion faoliyatga mualliflik «O‘smir basketbolchi-sportchilarda irodaviy sifatlarni shakllantirish modeli»ni hamda psixologik-profilaktik chora-tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan amaliy tavsiyalarga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a sonli buyrug‘i asosida «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-46-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi sport maktablarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni psixologik xizmat faoliyatiga doir bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish