Sayt test rejimida ishlamoqda

Sirojiddinova Firuza Xosilbekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mehnat faoliyati samaradorligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik omillar” (mehnat samaradorlikni oshirish misolida», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/ R162. 
Ilmiy rahbar: Abdurahmonova Zuhra Erkinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02. 
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy korxonalarda mehnat faoliyati samaradorligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy rahbar imidji uning qo‘l ostidagi xodimlari kasbiy xulq-atvorining «stabilizatori» sifatida belgilanishi rahbarning psixologik portretida boshqaruv uslubiga xos bo‘lgan psixologik-hamkorlik tiplari (professional, diletant, optimist, konservator, diplomat, kar`erist)ni diferensiasiyasiga ko‘ra, rahbar va xodim munosabatlari dinamikasini «normallashtiruvchi» ijtimoiy-psixologik mexanizm vazifasiini bajarishi dalillangan;
xususiy turdagi tashkilotlarda boshqaruv uslublarining samaradorligiga shaxs gender xususiyatlarining ta’siriga ko‘ra, erkak rahbarlarda «liderlik», «qat’iyatlilik», «demokratiklik», «ijodkorlik», «kar’eristilik» uslublari ish jarayonida yuqori darajada samaraga olib kelsa, ayol rahbarlardagi samaradorlik ulardagi «notiqlik», «diplomatlik», «qat’iyatlilik», «optimistlik» va «mustaqillik» kabi sifatlarning dominant ekanligiga asoslanib, boshqaruv jarayonida qaror qabul qilishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ijtimoiy omil ekanligi isbotlangan;
«ijobiy muhit», «o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash», «motivasiya»,  «do‘stona munosabatlar», ishchi-xodimlarning individual-psixologik jihatlarini namoyon bo‘lishi shaxsiy xususiyatlari (ekstrovert-introvert, hissiy barkarorlik, samimiylik)ni gender farqlariga ko‘ra, mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy–psixologik va guruhiy jipslikni rivojlantirish omillaridan biri ekanligi dalillangan;
davlat tasarrufidagi korxonalaridan farqli ravishda xususiy tashkilotlari faoliyatida «samaradorlik» tushunchasini ifodalanishi ijtimoiy faollik, ish unumdorligi, «umumiy maqsad», «ishdan tashqari o‘zaro hamkorlik», «birgalikda dam olish», «o‘zaro hurmat» kabi omillarni «guruhiy jipslik»ka ta’sir qilish darajasining kuchayishi ishchi-xodimning «barqaror ruhiy-psixologik holati» (o‘z faoliyatidan qoniqish darajasi, farovonlik ko‘rsatkichi, professional kasbiy-faoliyat muhiti) ta’minlaganligi sababli, ijtimoiy-psixologik omillar mehnat unumdorligining asosi ekanligi isbotlangan.
  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat faoliyati samaradorligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
zamonaviy rahbar imidji uning qo‘l ostidagi xodimlari kasbiy xulq-atvorining «stabilizatori» sifatida belgilanishi rahbarning psixologik portretida boshqaruv uslubiga xos bo‘lgan psixologik-hamkorlik tiplari (professional, diletant, optimist, konservator, diplomat, kar`erist)ni diferensiasiyasiga ko‘ra, rahbar va xodim munosabatlari dinamikasini «normallashtiruvchi» ijtimoiy-psixologik mexanizm vazifasiini bajarishi bo‘yicha dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 agustdagi  P-M-8-son buyrug‘iga binoan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 agustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat faoliyati samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
xususiy turdagi tashkilotlarda boshqaruv uslublarining samaradorligiga shaxs gender xususiyatlarining ta’siriga ko‘ra, erkak rahbarlarda «liderlik», «qat’iyatlilik», «demokratiklik», «ijodkorlik», «kar’eristilik» uslublari ish jarayonida yuqori darajada samaraga olib kelsa, ayol rahbarlardagi samaradorlik ulardagi «notiqlik», «diplomatlik», «qat’iyatlilik», «optimistlik» va «mustaqillik» kabi sifatlarning dominant ekanligiga asoslanib, boshqaruv jarayonida qaror qabul qilishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ijtimoiy omil ekanligini isbotlanshga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 agustdagi P-M-8-son buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan  (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiy turdagi tashkilotlarda mehnat faoliyati samaradorligini oshirish darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan; 
«ijobiy muhit», «o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash», «motivasiya»,  «do‘stona munosabatlar», ishchi-xodimlarning individual-psixologik jihatlarini namoyon bo‘lishi shaxsiy xususiyatlari (ekstrovert-introvert, hissiy barkarorlik, samimiylik)ni gender farqlariga ko‘ra, mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy–psixologik va guruhiy jipslikni rivojlantirish omillaridan biri ekanligi dalillangan  mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy–psixologik  va guruhiy jipslikni rivojlantirish omillaridan ekstrovertlar ijtimoiy-psixologik tasavvurlarni, introvertlar narsa va buyumlarni afzal ko‘rishiga doir amaliy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 agustdagi P-M-8-son buyrug‘iga binoan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy–psixologik va guruhiy jipslikni rivojlantirish omillarini aniqlash imkoni oishirlgan;
davlat tasarrufidagi korxonalaridan farqli ravishda xususiy tashkilotlari faoliyatida «samaradorlik» tushunchasini ifodalanishi ijtimoiy faollik, ish unumdorligi, «umumiy maqsad», «ishdan tashqari o‘zaro hamkorlik», «birgalikda dam olish», «o‘zaro hurmat» kabi omillarni «guruhiy jipslik»ka ta’sir qilish darajasining kuchayishi ishchi-xodimning «barqaror ruhiy-psixologik holati» (o‘z faoliyatidan qoniqish darajasi, farovonlik ko‘rsatkichi, professional kasbiy-faoliyat muhiti) ta’minlaganligi sababli, ijtimoiy-psixologik omillar mehnat unumdorligining asosi ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan mualliflik tavsif, shuningdek, amaliy psixologik tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 agustdagi P-M-8-son buyrug‘iga binoan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga  kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliy psixologlar xususiy turdagi tashkilotlarda mehnat faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha nazariy-kasbiy tayyorligi sifatini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish