Sayt test rejimida ishlamoqda

Rajabova Nodirabegim Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3020. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalari makro va mikro muhit sharoitlarning tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini induviduallik asosida ob’ektiv baholashning integrativligini kognitiv xarakterga ega bo‘lgan maqsadli ta’minlash orqali  takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalari tadqiqot ishlarida ishtirok etishni rag‘batlantiruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlash hamda qulay ta’lim muhitini yaratish jarayonini ustuvor maqsadlarga mos  jadallashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqot faoliyatiga tayyorligini diagnostika qilish ko‘rsatkichlari ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga munosabatini faollashtirish hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlarini izchil ravishda aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ixtirochilik faoliyati didaktik mazmunga ta’sir qiladigan pedagogik maqsadlarni belgilash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda tashkiliy-didaktik komponentlarining barkamol shaxsni tarbiyalashdagi milliy qadriyatlarga asoslangan mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalari makro va mikro muhit sharoitlarning tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini induviduallik asosida ob’ektiv baholashning integrativligini kognitiv xarakterga ega bo‘lgan maqsadli ta’minlash orqali  takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 166-097 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish ijtimoiy omillarining pedagogik jihatlarini tahlil etishga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalari tadqiqot ishlarida ishtirok etishni rag‘batlantiruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlash hamda qulay ta’lim muhitini yaratish jarayonini jadallashtirish takomillashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 30 martdagi 02-07-859/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqot faoliyatiga tayyorligini diagnostika qilish ko‘rsatkichlari ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga munosabatini tavsiflash hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 166-097 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ixtirochilik faoliyati didaktik mazmunga ta’sir qiladigan pedagogik maqsadlarni belgilash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda tashkiliy-didaktik komponentlarining barkamol shaxsni tarbiyalashdagi milliy qadriyatlarga asoslangan mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 30 martdagi 02-07-859/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tadqiqotchilik ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish