Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmadaliev Berdiali Saydalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik klaster yondashuvi asosida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish mexanizmlari” (Pedagogik oliy ta’lim misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3321.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda  Abdullaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammad Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida klaster yondashuvi asosida tarbiyaviy ishlar mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishda klaster yondashuvining  ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasida ko‘zda tutilgan tarbiyaviy ta’sir shakllari va vositalarini oliy ta’limda qo‘llanilishini milliy kontekst va mentallitet nuqtai nazaridan aniqlashtirilgan;
talaba yoshlarda ma’naviy immunitetni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishning klasterli  monitoring mezonlari oilaviy tarbiya va  jamoatchilik ta’siri uyg‘unligini ta’minlash asosida  takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishning texnogen sivilizatsiya omillari klaster sub’ektlarining sinergetik faoliyatiga asoslangan bag‘rikenglik, qadriyatlilik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik klaster yondashuvi asosida oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish modeli tarbiyaviy faoliyatni kasbiy o‘sish muhitiga integratsiyalash hamda sotsiumning salbiy ta’sirini korreksiyalashga doir qisqa va o‘rta muddatli okus-treninglarni taktik jihatdan loyihalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik klaster yondashuvi asosida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
klaster yondashuvining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasida ko‘zda tutilgan tarbiyaviy ta’sir shakllari va vositalarini oliy ta’limda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022 yil 19 iyul 233-sonli buyrug‘i). Natijada, ma’naviy  tarbiya shakllari muammoli, analitik, amaliy vaziyatlarni adaptivlashtirishga xizmat qilgan;
talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishning klasterli  monitoring mezonlari oilaviy tarbiya va  jamoatchilik ta’siri uyg‘unligini takomillashtirishga oid tavsiyalaridan “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasin yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda keng foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 dekabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni pedagogik klaster yondashuvi asosida tashkil etish samaradorligiga erishildi;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishning texnogen sivilizatsiya omillari klaster sub’ektlarining sinergetik faoliyatiga asoslangan bag‘rikenglik, qadriyatlilik tamoyillarni tadbiq etishga oid tavsiyalaridan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022 yil 19 iyul 233-sonli buyrug‘i). Natijada, talabalarda milliy va ma’naviy qadriyatlar   shakllanishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik klaster yondashuvi asosida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish modeli tarbiyaviy faoliyatni integratsiyalash, sotsiumning salbiy ta’sirini korreksiyalashga doir qisqa va o‘rta muddatli okus-treninglarni joriy etishga oid tavsiyalari “Uzluksiz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darsligi yaratishning metodikasi” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 12 dekabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy immunitet va axloqiy darajani oshirish dinamikasini rivojlantirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish