Abdullaeva Nilufar Sadikjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P123.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatning rivojlanishiga pedagogik-psixologik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat xususiyatlarining nerv tizimidagi fiziologik etilish tamoyiliga muvofiq notekis rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi natijasida qiz bolalarning axborotlarga emotsional ta’sirchanligi asosida ichki kognitiv faollikni irodaviy xususiyatlar bilan sintezlashuvi, o‘g‘il bolalarda esa motor faollikning kognitiv faollikka adaptiv-integratsiyasi tufayli, diqqat taqsimlanishi va ko‘chuvchanligida jins farqlari kuzatilishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat taqsimlanish xususiyatining rivojlanganlik darajasiga muvofiq, ma’lumotlarning «yanglik effekti»ga nisbatan irodaviy aktning vizual-obrazlarni idrok qilish xususiyatini ustuvorligiga asosan kuchayishi sababli, ichki va tashqi o‘quv motivatsiyasining namoyon bo‘lishida differensial farqlar kuzatilishi dallillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat barqarorligi, taqsimlanishi, ko‘chuvchanligi kabi xususiyatlarining rivojlanishi muloqotchanlik, serharakatlilik, kirishimlilik, emotsional barqarorlik shaxs sifatlari asosida, bolaning sangvinik va  xolerik temperamental sifatlariga to‘g‘ri hamda melanxolik va flegmatik temperament tiplariga teskari proporsional ekanligi asoslangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish uchun irodaviy sifatlarni diqqat barqarorligi bilan uyg‘un holda shakllantirishda neyrodinamik yondashuvga asoslangan «Takrorla va ko‘nikmaga ega bo‘l!» mualliflik trening dasturini kiritish samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
 kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat xususiyatlarining nerv tizimidagi fiziologik etilish tamoyiliga muvofiq notekis rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi natijasida qiz bolalarning axborotlarga emotsional ta’sirchanligi asosida ichki kognitiv faollikni irodaviy xususiyatlar bilan sintezlashuvi, o‘g‘il bolalarda esa motor faollikning kognitiv faollikka adaptiv-integratsiyasi tufayli, diqqat taqsimlanishi va ko‘chuvchanligida jins farqlari kuzatilishi haqidagi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 martdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixologlar, amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
 kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat taqsimlanish xususiyatining rivojlanganlik darajasiga muvofiq, ma’lumotlarning «yanglik effekti»ga nisbatan irodaviy aktning vizual-obrazlarni idrok qilish xususiyatini ustuvorligiga asosan kuchayishi sababli, ichki va tashqi o‘quv motivatsiyasining namoyon bo‘lishida differensial farqlar kuzatilishi haqidagi ilmiy natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil  14 apreldagi 4-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 martdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixologlarga differensial psixologiyani o‘qitishda uslubiy ta’minot takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan; 
 kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqat barqarorligi, taqsimlanishi, ko‘chuvchanligi kabi xususiyatlarining rivojlanishi muloqotchanlik, serharakatlilik, kirishimlilik, emotsional barqarorlik shaxs sifatlari asosida, bolaning sangvinik va  xolerik  temperamental sifatlariga to‘g‘ri hamda melanxolik va flegmatik temperament tiplariga teskari proporsional ekanligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 martdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchining diqqatini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish, ob’ektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
 kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish uchun irodaviy sifatlarni diqqat barqarorligi bilan uyg‘un holda shakllantirishda neyrodinamik yondashuvga asoslangan «Takrorla va ko‘nikmaga ega bo‘l!» mualliflik trening dasturini kiritish samarali ekanligi isbotlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 14 apreldagi 4-sonli buyrug‘iga asosan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15 martdagi P-M-4-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog kadrlarning o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish, ularda bilish jarayonlarining asosi hisoblanmish diqqatni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish