Sayt test rejimida ishlamoqda

Murtozaeva Mahfuza Murtozaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped168. 
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligi ekopedagogik ta’lim fanlari mazmuniga an’anaviy, institusional, shaxslararo refleksiv rivojlantiruvchi munosabatlar natijadorligini adaptiv moslashtirish hamda tarixiy meros, milliy an’analarga mos ta’limiy muhitni bilish komponentlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
ekologik ta’lim-tarbiya berish modeli ta’limning innovatsion shakllari ta’limga innovatsion yondashuv adaptiv darajasidan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tishda pedagogik va algoritmlash jarayonlarini progressivligini konseptual modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekologik yo‘naltirilgan axborotlar talabaning tayyorgarlik sifatiga qo‘yilgan kompetensiyaviy talablarga ustuvorlik berish hamda ekotrening, evrestik, ijodiy muammoni yarata oladigan strategiyalar monitoringi funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirishni  bosqichma-bosqich aniqlash asosida rivojlantirilgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari psixologik, xuquqiy, tashkiliy komponentlarni, psixologik omillar va shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish hamda texnologik komponentlarga aniq nazariy ma’lumotlarga ustuvorlik berib, ekopedagogik ta’limni boshqarish, nazorat etish jarayonlarini modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligi ekologik ta’limning sifatini va noekolog kadrlarni tayyorlash tizimi samaradorligini, barqaror rivojlanishining kafolatlarini hamda ustuvorligini ta’minlaydigan axborot bazasiga ijodiy fikrlashga oid grafik va diagrammalarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotning natijalari asosida: 
bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligi ekopedagogik ta’lim fanlari mazmuniga an’anaviy, institusional, shaxslararo refleksiv rivojlantiruvchi munosabatlar natijadorligini adaptiv moslashtirish hamda tarixiy meros, milliy an’analarga mos ta’limiy muhitni bilish komponentlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadiiiot institutida bajarilgan A7-XT-1-29687 raqamli «O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5597-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nazariy ekologik bilimlarini rivojlantirishda ta’lim mazmuni va sifatini oshirishga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallar hamda g‘oyalar darsliklarda o‘z aksini topgan;
ekologik ta’lim-tarbiya berish modeli ta’limning innovatsion shakllari, fuqarolik jamoat institutlari bilan hamkorlik hamda xalqaro tajribalarga tayanib pedagogik va algoritmlash jarayonlarini konseptual modellashtirish asosida  takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadiiiot institutida bajarilgan  A7-XT-1-29687 raqamli «O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 2 martdagi 01-02/1-3-56-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekologik yo‘naltirilgan axborotlar, aniq xulosalar, ekologik savodxonlik, intelektual bilimlarning mukammallashishi, global, xududiy, lokal ekologik axborotlar hamda ekotrening, evrestik, ijodiy muammoni yarata oladigan strategiyalar monitoringini bosqichma-bosqich aniqlash asosida rivojlantirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 434-sonli qarori asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5597-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologiya oyahasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari psixologik, xuquqiy, tashkiliy komponentlarni, psixologik omillar va shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish hamda texnologik komponentlarga ustuvorlik berib ekopedagogik ta’limni boshqarish, nazorat etish jarayonlarini modellashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadiiiot institutida bajarilgan A7-XT-1-29687 raqamli «O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 2 martdagi 01-02/1-3-56-son ma’lumotnomasi). (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5597-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi o‘quv jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga va bajarilayotgan dissertatsiya ishlarining sifatini oshirilishiga imkon bergan;
Bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligi ekologik ta’limning sifatini va noekolog kadrlarni tayyorlash tizimi samaradorligini, barqaror rivojlanishining kafolatlarini hamda ustuvorligini ta’minlaydigan axborot bazasiga ijodiy fikrlashga oid grafik va diagrammalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 434-sonli qarori asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5597-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish