Sayt test rejimida ishlamoqda

Yaxyoeva Gulnora Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish (chet tilini o‘rganish jarayonida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1677.  
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna,  pedagogika fanlari doktori, professor, Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish ko‘nikmalari hamda tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi interferension omillarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda bartaraf etish asosida takomillashtirilgan;
chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishning didaktik modeli o‘qitish mazmunining o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli yo‘naltirilganligi, nutqiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini didaktik jihatdan dinamik ravishda uzviy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish jarayoni aqliy hujum, cinektika, Del`fi texnologiyalari, adekvat operatsiyalarning maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar algoritmini rivojlantiruvchi ta’lim paradigmalariga bosqichma-bosqich intensiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari interaktiv ishchan muhitda operativ va faollik mezonlarini internal hamda eksternal ko‘rinishning bevosita bog‘liqligini dalillash hamda ularni pedagogik maqsadlarga vektorli yo‘naltirilgan yaxlit moslashtirish acocida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish ko‘nikmalari hamda tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi interferension omillarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda bartaraf etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Metallurgiya sohasiga oid inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muaccacalari o‘quv jarayonida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan; 
chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishning didaktik modeli o‘qitish mazmunining o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli yo‘naltirilganligi, nutqiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini didaktik jihatdan dinamik ravishda uzviy ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Metallurgiya sohasiga oid inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv jarayonida ijodiy faollik camaradorligini oshiruvchi pedagogik shartlar majmuini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish jarayoni aqliy hujum, cinektika, Del`fi texnologiyalari, adekvat operatsiyalarning maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar algoritmini rivojlantiruvchi ta’lim paradigmalariga intensiv moslashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Metallurgiya sohasiga oid inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishning didaktik modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari interaktiv ishchan muhitda operativ va faollik mezonlarini internal hamda eksternal ko‘rinishning bevosita bog‘liqligini dalillash hamda ularni pedagogik maqsadlarga vektorli yo‘naltirilgan yaxlit moslashtirish acocida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Metallurgiya sohasiga oid inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish