Sayt test rejimida ishlamoqda

Sharipova Oygul Tursunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abduholiq G‘ijduvoniy ma’naviy merosining falsafiy tahlili», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fal118.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchehra Nema’tovna, falsafa fanlari doktori, professori.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Soyimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor;  Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulxoliq G‘ijduvoniy ma’naviy merosining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy makonni shakllantirishda Abdulxoliq G‘ijduvoniy hayoti va ma’naviy merosi asosida insonning nuriy va noriy xususiyatlari, ruhiy quvvatga erishish, qahru g‘azabni jilovlashning tasavvufiy qirralari ochib berilgan hamda Yusuf Hamadoniyning “Rutbat ul-hayot” (Hayot mezoni), “Odobi tariqat” (Tariqat odobi) va “Koinot va inson haqida” asarlarining mutafakkir dunyoqarashidagi gnoseologik (olamni bilish), ontologik (Haqqa intilish), metodologik (ilohiyotga yaqinlashish) o‘rni asoslangan;   
shaxs va jamiyat transformatsiyalashuvi jarayonlarida Etti Pir ta’limotidagi jaholatga qarshi ma’rifat konsepsiyasining jamiyatga xizmat qilish, xalqning og‘irini engil qilish, zarar keltirmaslik, barchaga yaxshilik qilish, “yomon”larga ham yaxshi munosabatda bo‘lish, eng qattol kishilarga ham yomonlikni ravo ko‘rmaslik, javonmard bo‘lish yo‘li bilan ma’naviy-axloqiy hayotni yuksaltirish, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash kabi tamoyillari falsafiy asoslangan;
Abdulxoliq G‘ijduvoniy ruboiylaridagi “halol luqma”, “yaxshi urug‘ sepish”, “har kim o‘z ekkanini o‘rishi” g‘oyalari va tasavvufiy maqomlarining vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchliksevarlik, qalb pokligi, ruhiy komillik, o‘zlikni anglash, faol bo‘lish, jamiyat ahlining o‘zaro totuvlik, uyg‘unlik, murosa-yu madorada yashash va barqaror turmush tarzini ta’minlashdagi o‘rni hamda Xojagon ta’limoti mohiyatini ochishda dunyoning o‘tkinchi ekanligini unutmaslik, yomonlik qilmaslik, nafsni tiyib o‘zini pok, sof etib, haqiqiy ruhiy tomonga yaqinlashishningfalsafiy ahamiyati ochib berilgan; 
mutasavvifning “Maqomoti Yusuf Hamadoniy”, “Vasiyatnoma”, “Maqsad as-solikin”, “Az guftor Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy” asarlaridagi “Olami akbar” (Katta olam), “Olami asg‘ar” (Kichik olam) tushunchalarining borliqni anglash, jismoniy, aqliy nafsoniy, ruhiy quvvatlarni boshqara olish, o‘z-o‘zini anglashdagi falsafiy ahamiyati aniqlangan va gnoseologik ta’limotlardagi diskursiv va intuitiv bilish dialektikasi G‘arb faylasuflarining qarashlari bilan qiyosiy dalillangan;
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda Abdulxoliq G‘ijduvoniy hikmatli so‘zlaridagi Qur’oni karim mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lish kabi diniy, inson ruhiy jihatdan boqiy yashashda ma’naviy jihatdan yuksalish, taraqqiy etish kabi dunyoviy ilmlarni uyg‘unlikda tadqiq etish uslublarining yoshlarda ma’naviy, g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda ilohiy axloq sohibiga aylanish, hidoyat yo‘liga boshlash kabi tamoyillari takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulxoliq G‘ijduvoniy ma’naviy merosining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy makonni shakllantirishda Abdulxoliq G‘ijduvoniy hayoti va ma’naviy merosi asosida insonning nuriy va noriy xususiyatlari, ruhiy quvvatga erishish, qahru g‘azabni jilovlashning tasavvufiy qirralari ochib berilgan hamda Yusuf Hamadoniyning “Rutbat ul-hayot” (Hayot mezoni), “Odobi tariqat” (Tariqat odobi) va “Koinot va inson haqida” asarlarining mutafakkir dunyoqarashidagi gnoseologik (olamni bilish), ontologik (Haqqa intilish), metodologik (ilohiyotga yaqinlashish) o‘rni asoslanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F-1-95-son “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” (2017-2020 yy) fundamental loyixa doirasida tayyorlangan “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” monografiyasining “O‘rta Osiyo mutafakkirlarining fanlararo yondashuvga oid g‘oyalari” bobini tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 26 maydagi 04/11-2972-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan monografiyaning Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy asarlaridagi mikro va makro olam tushunchalarining falsafiy ahamiyati va gnoseologik ta’limotlardagi diskursiv va intuitiv bilish dialektikasiga oid qarashlari bo‘limini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
shaxs va jamiyat transformatsiyalashuvi jarayonlarida Etti Pir ta’limotidagi jaholatga qarshi ma’rifat konsepsiyasining jamiyatga xizmat qilish, xalqning og‘irini engil qilish, zarar keltirmaslik, barchaga yaxshilik qilish, “yomon”larga ham yaxshi munosabatda bo‘lish, eng qattol kishilarga ham yomonlikni ravo ko‘rmaslik, javonmard bo‘lish yo‘li bilan ma’naviy-axloqiy hayotni yuksaltirish, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash kabi tamoyillariga oid nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yillik dasturlari, yo‘l xaritalarini tuzishda, 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 18-bandi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maksadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” targ‘ibot dasturi ssenayriylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 2 avgustdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash, bunda ziyolilar. ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari salohiyatidan unumli foydalangan holda tizimli targ‘ibotni amalga oshirishga xizmat qilgan;
Abdulxoliq G‘ijduvoniy ruboiylaridagi “halol luqma”, “yaxshi urug‘ sepish”, “har kim o‘z ekkanini o‘rishi” g‘oyalari va tasavvufiy maqomlarining vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchliksevarlik, qalb pokligi, ruhiy komillik, o‘zlikni anglash, faol bo‘lish, jamiyat ahlining o‘zaro totuvlik, uyg‘unlik, murosa-yu madorada yashash va barqaror turmush tarzini ta’minlashdagi o‘rni hamda Xojagon ta’limoti mohiyatini ochishda dunyoning o‘tkinchi ekanligini unutmaslik, yomonlik qilmaslik, nafsni tiyib o‘zini pok, sof etib, haqiqiy ruhiy tomonga yaqinlashishningfalsafiy ahamiyatiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda kataloglar , al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda, yurtimiz hududida VIII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 5 iyuldagi 02/333-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan ilgari surilgan oilada farzand tarbiyasi, uning dunyoqarashining shakllantirishda ajdodlarimiz merosi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ijobiy ta’sirini rivojlantirish va ratsional tafakkurini yuksaltirish mumkinligi g‘oyalari nashr etilgan ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
mutasavvifning “Maqomoti Yusuf Hamadoniy”, “Vasiyatnoma”, “Maqsad as-solikin”, “Az guftor Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy” asarlaridagi “Olami akbar” (Katta olam), “Olami asg‘ar” (Kichik olam) tushunchalarining borliqni anglash, jismoniy, aqliy nafsoniy, ruhiy quvvatlarni boshqara olish, o‘z-o‘zini anglashdagi falsafiy ahamiyati aniqlangan va gnoseologik ta’limotlardagi diskursiv va intuitiv bilish dialektikasi G‘arb faylasuflarining qarashlari bilan qiyosiy dalillanganligi oid ilmiy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2020-2021 yillar mutafakkirlar hayotiga oid targ‘ibot faoliyati, “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha yo‘l Xaritasi” II. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bandi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2022 yil 7 iyundagi 445-son ma’lumotnomasi.) Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodni munosib ulg‘ayishida, yoshlarni yuksak ma’navnyatli komil insonlar qilib tarbiyalashda, jamiyatda adolat muammolarini xolisona yoritishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda Abdulxoliq G‘ijduvoniy hikmatli so‘zlaridagi Qur’oni karim mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lish kabi diniy, inson ruhiy jihatdan boqiy yashashda ma’naviy jihatdan yuksalish, taraqqiy etish kabi dunyoviy ilmlarni uyg‘unlikda tadqiq etish uslublarining yoshlarda ma’naviy, g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda ilohiy axloq sohibiga aylanish, hidoyat yo‘liga boshlash kabi tamoyillariga oid ilmiy natijalar hamda amaliy taklif- tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til-millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda va bevosita suhbat jarayonini sur’atga olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 maydagi 1/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy kadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi, diniy va milliy totuvlik g‘oyalaridan bag‘rikenglik, bugungi kunda insonlarni hayotni qadrlashga, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashda eng samarali, maqbul usullari haqidagi xulosalari teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish