Sayt test rejimida ishlamoqda

Kuziev Nodir Abdusalimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ipak yo‘li tiklanishining zamonaviy konsepsiyalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal628.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor,
Etakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ipak yo‘lini tiklashga oid zamonaviy konsepsiyalarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi rolini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ipak yo‘li” tiklanishining zamonaviy konsepsiyalari iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo siyosiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga qodir bo‘lgan g‘oyalar tizimi sifatida shakllanganligi hamda xalqaro madaniy aloqalarnini rivojlantirish ijtimoiy jarayonlar dinamikasi asosida ochib berilgan;
“Bir makon - bir yo‘l” konsepsiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish sur’atlarini faollashtirishda geosiyosiy, geoiqtisodiy va geotsivilizatsiyaviy ahamiyatga ega ekanligi hamda mintaqa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya g‘oyasining yagona mintaqaviy iqtisodiy makonni shakllantirishdagi birdamlikni ta’minlash, ziddiyatlarga barham berish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishga oid mafkuraviy roli aniqlangan;
geosiyosiy muvozanat g‘oyasini amalga oshirish, tashqi siyosatda ko‘p qutblilik va ko‘pvektorlik tamoyiliga rioya qilish uchun sharoit yaratish, xalqaro siyosiy munosabatlarda teng huquqli sub’ekt sifatida milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi terrorizm, odam savdosi, uyushgan jinoyatchilik kabi tashqi omillarni zararsizlantirishning harbiy kuchlarni birlashtirish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish kabi yo‘llari takomillashtirilgan;
“Ipak yo‘li” tiklanishining zamonaviy konsepsiyalaridagi madaniyatlararo hamkorlik g‘oyasi o‘zbek madaniyatining boshqa milliy madaniyatlar bilan muloqotni kengaytirishi, uning madaniy ufqlarini oshirishi, o‘zbek xalqining madaniy yutuqlari va tajribasini umuminsoniy madaniyatga aylantirishi madaniy diffuziya qonuniyati asosida dallilangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipak yo‘lini tiklashga oid zamonaviy konsepsiyalarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini hamda ularning barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Ipak yo‘li” tiklanishining zamonaviy konsepsiyalari iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo siyosiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga qodir bo‘lgan g‘oyalar tizimi sifatida shakllanganligi hamda xalqaro madaniy aloqalarnini rivojlantirish ijtimoiy jarayonlar dinamikasining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ochib berilgan ilmiy natijalar va xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida bajarilgan 69-01/36-son “Buyuk ipak hududida joylashgan xalqlarning hunarmandchiligi, atlas kitobini tayyorlash va nashr qildirish” (2020-2021 yy) grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2022 yil 5 apreldagi ML 01/01-14-son hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasining 2022 yil 22 iyundagi 01/296-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni anglab faol bo‘lish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishida, mafkuraviy immunitetning ortishida, falsafiy mushohadasining kengayishiga hamda loyixa doirasida tayyorlangan taklif-va tavsiyalarning mazmuna boyishiga xizmat qilgan;
“Bir makon - bir yo‘l” konsepsiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish sur’atlarini faollashtirishda geosiyosiy, geoiqtisodiy va geotsivilizatsiyaviy ahamiyatga ega ekanligi hamda mintaqa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya g‘oyasining yagona mintaqaviy iqtisodiy makonni shakllantirishdagi birdamlikni ta’minlash, ziddiyatlarga barham berish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishga oid mafkuraviy roliga oid nazariy umumlashma va tahlillardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturidagi VIII bandi “Madaniyat turizmi” sohasida o‘tkazilgan “Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarning madaniy aloqalari rivojlanishining istiqbollari” va “Buyuk Ipak yo‘li gavhariga sayohat” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 5 oktyabrdagi 02-12-08-4133-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy an’ana va qadriyatlar, shuningdek madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirishga va ularni asrab-avaylashga chorlashga, o‘zbek xalqining madaniy dunyoqarashini oshirish, madaniyatlararo hamkorlikka erishishga xizmat qilgan;
geosiyosiy muvozanat g‘oyasini amalga oshirish, tashqi siyosatda ko‘p qutblilik va ko‘pvektorlik tamoyiliga rioya qilish uchun sharoit yaratish, xalqaro siyosiy munosabatlarda teng huquqli sub’ekt sifatida milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi terrorizm, odam savdosi, uyushgan jinoyatchilik kabi tashqi omillarni zararsizlantirishning harbiy kuchlarni birlashtirish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish kabi yo‘llarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorda belgilangan vazifalar ijrosida, “Ipak yo‘li mamlakatlarining turizm salohiyatini O‘zbekistonda tadbiq etish”, “Ipak yo‘li turizmi xalqaro munosabatlar omili sifatida” targ‘ibot tadbirlarini ssenariylarni tayyorlash va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 6 oktyabrdagi 04-18/5547-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro turizm uchun ochiq iqtisodiy zonalar, xalqaro sayyohlik yarmarkalari samaradorligini oshirishga, turizm madaniyatini shakllantirishga, turizm sohasi rivojini ta’minlashdagi targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
“Ipak yo‘li” tiklanishining zamonaviy konsepsiyalaridagi madaniyatlararo hamkorlik g‘oyasi o‘zbek madaniyatining boshqa milliy madaniyatlar bilan muloqotni kengaytirishi, uning madaniy ufqlarini oshirishi, o‘zbek xalqining madaniy yutuqlari va tajribasini umuminsoniy madaniyatga aylantirishiga oid g‘oyalar, amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil davomida efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh”, “Diyor” ko‘rsatuvlarning ssenariylarini hamda bevosita suhbat jarayonini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 22 sentyabrdagi 1/242-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni milliy va madaniy ma’naviy-ma’rifiy umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurati, “Ipak yo‘li” mamlakatlari xalqlarining urf-odatlari, milliy qadriyatlari, madaniyati hamda hunarmandchiligini etkazishda teletomoshabinlarning kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish