Sayt test rejimida ishlamoqda

Shokirov Mubin Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy tafakkur madaniyati va uning milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal372. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduhakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlari doktori, professor; Xadjieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarixiy tafakkur madaniyatining ijtimoiy hodisalarni bilishdagi roli hamda milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy tafakkur madaniyatini shakllantirishda mulohazalarning aniq maqsadlilik, izchillik va argumentlashtirilganlik tamoyillari asosida o‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi mantiqiy izchillik taraqqiyot jarayonlari to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilishi, milliy tuyg‘u va g‘ururni yuksaltirishi aniqlangan;
ma’rifatli jamiyat barpo etishning “Tarixiy tafakkur va zamonaviy dunyoqarash – barqaror rivojlanish poydevori” tamoyilini amalga oshirishda islohotlarga daxldorlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, g‘oyaviy mutaassiblik va nigilizmga qarshi kurash, ma’rifatparvarlik harakatini kuchaytirish, madaniyat va san’at, adabiyotni rivojlantirish, yoshlar tarixiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash kabi ustuvor vazifalari takomillashtirilgan;
tarixiy tafakkur madaniyati shakllanishida voqelikka konseptual yondashuv zaruratiga ko‘ra ijtimoiy muhit, tarixiy ong, aqliy va ruhiy qobiliyatlar kabi omillar zarurati hamda ular orasidagi zamon va makon, ob’ektivlik va qonuniylik kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
tarixiy tafakkur madaniyati tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tarixiy bilim, tarixiy xotira, tarixiy ong kabi kategoriyalarning tarixiy tafakkur madaniyatini rivojlantirishdagi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik va ruhiy-ma’naviy etuklikni shakllantirishdagi ahamiyati hamda ularning haqiqatni ochish jarayonida soxta, g‘ayriilmiy qarashlarni bartaraf etishi, sof ilmiy-nazariy konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish imkonini berishi sababli o‘zaro dialektik aloqadorligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy tafakkur madaniyatining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatini tadqiq etish jarayonida hosil qilingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy tafakkur madaniyatini shakllantirishda mulohazalarning aniq maqsadlilik, izchillik va argumentlashtirilganlik tamoyillari asosida o‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi mantiqiy izchillik taraqqiyot jarayonlari to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilishi, milliy tuyg‘u va g‘ururni yuksaltirishiga oid nazariy tahlil va xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236-son “Oila psixologiya fanidan mul`timedia mahsulotini yaratish” innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 7 sentyabrdagi 04-01/1679-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, hayotiy tajribasini oshirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ko‘rsatish ruhida tarbiyalashga oid yaratilgan mul`timedia mahsulotlarini mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
ma’rifatli jamiyat barpo etishning “Tarixiy tafakkur va zamonaviy dunyoqarash – barqaror rivojlanish poydevori” tamoyilini amalga oshirishda islohotlarga daxldorlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, g‘oyaviy mutaassiblik va nigilizmga qarshi kurash, ma’rifatparvarlik harakatini kuchaytirish, madaniyat va san’at, adabiyotni rivojlantirish, yoshlar tarixiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash kabi ustuvor vazifalariga nazariy tahlillar va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora- tadbirlar dasturi IV. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 18 bandi Yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bagrikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida ma’naviyat soatlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14-santyabrdagi 268-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishda yoshlarni yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishganazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
tarixiy tafakkur madaniyati shakllanishida voqelikka konseptual yondashuv zaruratiga ko‘ra ijtimoiy muhit, tarixiy ong, aqliy va ruhiy qobiliyatlar kabi omillar zarurati hamda ular orasidagi zamon va makon, ob’ektivlik va qonuniylik kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlariga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan Barqaror rivojlanish markazining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitda qabul qilingan 70 - son rezolyusiyasi, BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda, fundamental va amaliy tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida o‘rta va uzoq istiqbolli dasturlar, strategik yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2022 yil 15 sentyabrgi 222-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy tafakkur qonuniyatlari mohiyati, ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish to‘g‘risidagi xulosalar markaz tomonidan ijtimoiy buyurtma asosidagi nashr ishlarining mazmunan boyishiga xizmat qilgan va nashr etilgan kitob va to‘plamlar OAK Rayosati qarori bilan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy va milliy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirilgan;
tarixiy tafakkur madaniyati tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tarixiy bilim, tarixiy xotira, tarixiy ong kabi kategoriyalarning tarixiy tafakkur madaniyatini rivojlantirishdagi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik va ruhiy-ma’naviy etuklikni shakllantirishdagi ahamiyati hamda ularning haqiqatni ochish jarayonida soxta, g‘ayriilmiy qarashlarni bartaraf etishi, sof ilmiy-nazariy konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish imkonini berishiga oid ilmiy yangilik va va amaliy taklif-tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil davomida efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh” ko‘rsatuvlarining ssenariylari, tadqikotchi bilan bevosita suhbat jarayonini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradikompaniyasining 2022 yil 19-sentyabrdagi 1/238-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarda tarixiy tafakkur madaniyatini yanada rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda yoshlarni vatanparvar, barkamol, sobitqadam va halol inson, ajdodlariga munosib bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlashga, tomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish