Sayt test rejimida ishlamoqda

Norqobilov Muzaffar Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy kapital – milliy hamjihatlikni ta’minlash manbai”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal394.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Djo‘raqulov Husan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy kapitalning konsolidatsion xususiyatini yuksaltirish hamda milliy hamjihatlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarini takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ijtimoiy kapitalning shaxslararo hamkorlik, o‘zaro ishonch, ijtimoiy normalarga amal qilish va qadriyatlarga moyillik kabi tarkibiy elementlari insonning tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bilan dialektik aloqadorlikka ega ekanligi sababli kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida turli g‘oyaviy asoslarga (totemizm, diniy g‘oyalar, gumanizm, ma’rifatparvarlik) tayangani dalillangan; 
zamonaviy jamiyatda ijtimoiy kapitalning rivojlanganligi darajasini o‘lchash uslublari (Fukuyama, ijtimoiy kapitalning rivojlanganligi darajasini indeksda ifodalash, ijtimoiy kapitalni baholash) aprobatsiyasi orqali “shaxs-shaxs”, “shaxs-ijtimoiy institut”, “shaxs-davlat” shaklidagi ijtimoiy aloqalar xarakterining inson omilini faollashtirish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, taraqqiyotga safarbar etib belgilash varianti aniqlangan; 
O‘zbekistondagi ijtimoiy kapitalning asosiy xususiyatlari shaxslararo hamkorlikning insonparvar xarakterdaligi, o‘zaro ishonch va o‘zaro yordam amaliyotining mustahkamligi, ijtimoiy normalarga qat’iy amal qilish tamoyili, qadriyatlarga sodiqlik kayfiyati bilan tavsiflanishi falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistondagi ijtimoiy kapital konsolidatsion xususiyatini (milliy hamjihatlikni ta’minlash) mustahkamlash uchun uni zaiflashtirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy muammolarni ijtimoiy kapital rivojlanishi qonuniyatlariga (ijtimoiy kapital asoslarining muammolarga teskari proporsionalligi, ijtimoiy kapital va axloqiy gradatsiya uyg‘unligi) tayangan holda bartaraf etish zarurligi falsafaning o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik tamoyillari asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy kapitalning konsolidatsion xususiyati va milliy hamjihatlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy kapitalning shaxslararo hamkorlik, o‘zaro ishonch, ijtimoiy normalarga amal qilish va qadriyatlarga moyillik kabi tarkibiy elementlari insonning tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bilan dialektik aloqadorlikka ega ekanligi sababli kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida turli g‘oyaviy asoslarga (totemizm, diniy g‘oyalar, gumanizm, ma’rifatparvarlik) tayanganiga oid nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093070-raqamli “O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning bugungi kun talablariga mos keladigan modellarini ishlab chiqish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 19 avgustdagi 01/10-11-4780-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlari turmush tarzini optimallashtirish yo‘llari, yoshlarda sog‘lom odat va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni zararli odatlardan himoya qilish, sog‘lom tafakkurni shakllantirish masalalariga e’tibor berish zaruratini asoslashga hamda loyihani yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatda ijtimoiy kapitalning rivojlanganligi darajasini o‘lchash uslublari (Fukuyama, ijtimoiy kapitalning rivojlanganligi darajasini indeksda ifodalash, ijtimoiy kapitalni baholash) aprobatsiyasi orqali “shaxs-shaxs”, “shaxs-ijtimoiy institut”, “shaxs-davlat” shaklidagi ijtimoiy aloqalar xarakterining inson omilini faollashtirish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, taraqqiyotga safarbar etish kabi omillariga doir nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining SQ-361-IV-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish to‘g‘risida» qarorning yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etish, indikatorlar asosida reyting baholash metodikasi ishlab chiqish hamda yoshlar etakchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha elektron baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yish vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 19 yanvardagi 4-17-23-139-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini yuksaltirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yanada mustahkamlash bilan bog‘liq axloqiy kategoriyalarni shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi ijtimoiy kapitalning asosiy xususiyatlari shaxslararo hamkorlikning insonparvar xarakterdaligi, o‘zaro ishonch va o‘zaro yordam amaliyotining mustahkamligi, ijtimoiy normalarga qat’iy amal qilish tamoyili, qadriyatlarga sodiqlik kayfiyati bilan tavsiflanishiga doir nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 2019 yilda “Yoshlar va qonun” konsepsiyasini ishlab chiqishda, “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi nizomini ishlab chiqishda, “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: maummo va istiqbollari” kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2022 yil 12 yanvardagi 04-13/30-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yoshlar ittifoqining bosh maqsadini amalga oshirishda nazariy-metodologik asossifatida hamda inson shaxsining jamiyatda kamol topishiga qaratilgan tadbirlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
O‘zbekistondagi ijtimoiy kapital konsolidatsion xususiyatini (milliy hamjihatlikni ta’minlash) mustahkamlash uchun uni zaiflashtirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy muammolarni ijtimoiy kapital rivojlanishi qonuniyatlariga (ijtimoiy kapital asoslarining muammolarga teskari proporsionalligi, ijtimoiy kapital va axloqiy gradatsiya uyg‘unligi) tayangan holda bartaraf etish zarurligini falsafaning o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik tamoyillariga oid nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi 2017 yil 20 fevraldagi “Ogohlik davr talabi”, 2017 yil 7 dekabrdagi “Munosabat”, 2019 yil 11 apreldagi “Munavvar kun”, 2020 yil 6 noyabrdagi “Dolzarb mavzu” rukni ostida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 31 dekabrdagi 01-01/134-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning ijtimoiy kapitalning konsolidatsion xususiyatini mustahkamlash uchun uni zaiflashtirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy muammolarni ijtimoiy kapital rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda bartaraf etish zarurligiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, xabardorlik darajasining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish