Sayt test rejimida ishlamoqda

Muzaffarov Firuz Davronovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Imom G‘azzoliyning jahon falsafiy fanlar taraqqiyotidagi o‘rni va roli», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fal57.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchehra Nema’tovna, falsafa fanlari doktori, professori.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Handamova Ma’rifat Akramovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi Imom G‘azzoliyning falsafiy fanlar taraqqiyotidagi o‘rni va rolini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Imom G‘azzoliy “Ihyo ulumi-d-din” asarida islom, shariat va tasavvuf o‘rtasidagi mutlaq uyg‘unlik munosabatlarini asl diniy e’tiqod, iymon asoslari nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqqanligi, falsafada insonshunoslik, antropologiya sohasida tub burilish yasaganligi dalillangan;
“Maqosidu-l-falosifa” (Faylasuflarning maqsadlari) asari falsafa tarixining muhim manbaviy hujjati ekanligi, unda ontologiya, tabiat va inson falsafasi keng yoritilganligi va bahs-munozara olib borishning dastlabki usul, vositalarining yuksak namunasi sifatida falsafiy metodologiya rivojidagi g‘oyalarni uyg‘unlashtirish, reformatsion va kompromistik o‘rni asoslangan;
Imom G‘azzoliy falsafaning gnoseologiya, epistemologiya, etika, akseologiya sohalari rivojiga ta’sir etganligi, “As-qistosu-l-mustaqim” (Eng to‘g‘ri o‘lchov) asarida islom dini, shariat asoslarini ilm-fan, falsafa tamoyillari nuqtai-nazaridan himoya qilganligi dalillangan;
Imom G‘azzoliy “Taxafutu-l-falosifa” (Faylasuflarning o‘z-o‘zini rad etish) asarida din va shariat asoslarini ilm-fan, falsafada aqliy bilish (ratsionalizm) va yuksak insoniy sha’n (gumanizm) talablarini, usul, metod, prinsiplar vositalarini, mantiqiy-gnoseologik va epistemeologik asoslarni qo‘llab, din, shariatni yangicha yo‘l bilan himoya qilishga kirishganligi ochib berilgan;
Imom G‘azzoliy yuksak aqliy, falsafiy talab, me’yorlar asosida shariatning asosiy qoidalari va Aristotel` sistemasiga tayangan holda tom ma’nodagi etika “Axloq ilmi”ni yaratgani asoslab berilgan.
II. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imom G‘azzoliyning jahon falsafiy fanlar taraqqiyotidagi o‘rni va rolini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Imom G‘azzoliy “Ihyo ulumi-d-din” asarida islom, shariat va tasavvuf o‘rtasidagi mutlaq uyg‘unlik munosabatlarini asl diniy e’tiqod, iymon asoslari nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqqanligi, falsafada insonshunoslik, antropologiya sohasida tub burilish yasaganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan sof islom e’tiqodi va ta’lim-tarbiyaga oid Hakim Termiziyning “Hakim Termiziy yo‘lining boshlanishi”, “Nafs odobi”, “Nafs riyozati” va “Kasb-tirikchilik bayoni” nomli risolalar, So‘fi Ollohyorning “Sabot ul-ojiziyn” hamda Abu Iso Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini tarjimasini tayyorlashda va mazmunini to‘ldirishda amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazining 2022 yil 5 iyuldagi 01-07/117-son dalolatnomasi). Natijada, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
“Maqosidu-l-falosifa” (Faylasuflarning maqsadlari) asari falsafa tarixining muhim manbaviy hujjati ekanligi, unda ontologiya, tabiat va inson falsafasi keng yoritilganligi va bahs-munozara olib borishning dastlabki usul, vositalarining yuksak namunasi sifatida falsafiy metodologiya rivojidagi g‘oyalarni uyg‘unlashtirish, reformatsion va kompromistik o‘rni asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundametal loyiha doirasida tayyorlangan “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” nomli monografiyaning “O‘rta Osiyo mutafakkirlarining fanlararo yondashuvga oid g‘oyalari” mavzusini yoritishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 26 maydagi 01/11-2974-son ma’lumotnomasi). Natijada, monografiyani O‘rta asr islom sharqi mutafakkirlari, xususan Imom G‘azzoliyning gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasiga aloqador shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan jihatlarga oid qarashlari bilan mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
Imom G‘azzoliy falsafaning gnoseologiya, epistemologiya, etika, akseologiya sohalari rivojiga ta’sir etganligi, “As-qistosu-l-mustaqim” (Eng to‘g‘ri o‘lchov) asarida islom dini, shariat asoslarini ilm-fan, falsafa tamoyillari nuqtai-nazaridan himoya qilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazi tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2022 yil 14 iyuldagi 539-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilishda ilmiy xulosa, tavsiyalar va takliflardan targ‘ibot va tashviqot faoliyatida foydalanilgan;
Imom G‘azzoliy “Taxafutu-l-falosifa” (Faylasuflarning o‘z-o‘zini rad etish) asarida din va shariat asoslarini ilm-fan, falsafada aqliy bilish (ratsionalizm) va yuksak insoniy sha’n (gumanizm) talablarini, usul, metod, prinsiplar vositalarini, mantiqiy-gnoseologik va epistemeologik  asoslarni qo‘llab, din, shariatni yangicha yo‘l bilan himoya qilishga kirishganligiga doir nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda keng tadbiq etilgan, jumladan, markaz tomonidan yurtimiz hududida VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining 2022 yil 5 iyuldagi 02/335-son dalolatnomasi). Natijada, ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar asosida mazmunan boyitishga va yoshlarda ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirish, falsafiy mushohadani kengaytirish, islom falsafasi to‘g‘risida, radikal va destruktiv tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishiga xizmat qilgan;
Imom G‘azzoliy yuksak aqliy, falsafiy talab, me’yorlar asosida shariatning asosiy qoidalari va Aristotel sistemasiga tayangan holda tom ma’nodagi “Axloq ilmi” ni yaratgani kabi ilmiy-nazariy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishga oid milliy davlatchilik tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” 19 bandi buyuk allomalarimizning mashhur asarlarning qisqacha sharhi va mazmunnni ochib beruvchi mobil ilova yaratishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 20 maydagi 02/02/870-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida milliy va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish, ilm olishga intilishni rag‘batlantirish va undash, axloqiy tarbiyani rivojlantirish va tajovuzkor radikal g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda ijobiy ta’sir etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish