Qodirov Davronbek Hoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Homid G‘azzoliy ta’limotida tasavvufiy tajribaning ahamiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal621.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Homid G‘azzoliyning tasavvufiy tajriba va ma’naviy-axloqiy qarashlarining komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba tushunchasini Aristotel`, Beruniy, Ibn Sino g‘oyalarini qiyoslab, G‘azzoliyda tajriba tushunchasining o‘ziga xos tasavvufiy mohiyat ekanligi “Al-hikmatu fi maxluqot-i-Lloh”, “Ravzat ut-tolibin va umdat us-solikin” asarlaridagi samoning yaratilishi, olamni tafakkur qilish, borliqning yaratilishi, ilm va axloq birligi, aqliy mushohada zaruratiga oid g‘oyalari asosida ochib berilgan;
G‘azzoliy tasavvufiy tajriba irfoniy bilishning muammosi ekanligi, radikal empiriklar va ratsionalistlardan farqli ravishda bu bosqichning asosiy hissiy hamda aqliy bilim ekanligi asoslangan va ular asosida mukoshafa, mushohada, muoyana, basirat darajalariga etish mumkinligi isbotlangan;
G‘azzoliyning tasavvufiy tajribasi asosida yozilgan asarlarida (“Mukoshafat ul-qulub”, “Ar-risolat ul-laduniya”, “Mezon ul-amal” va “Ravzat ut-tolibin va umdat us-solikin”) aks etgan nafs pokligi, tarbiya, qalb ma’rifati, komil axloq tushunchalarining o‘z-o‘zini anglash va yoshlar tarbiyasida kreativ fikrlashni rivojlantirish, konsensusga erishtirishi, ezgulikka intilishni kuchaytirish va inson kamolotida ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
mutafakkir “Mezon ul-amal” asarida o‘z tasavvufiy tajribasidan kelib chiqib, saodatga erishish uchun zaruriy ilm va amallarni tasniflab, inson o‘z quvvatlarini jilovlay olishi, nafsoniy istaklarini boshqarishga oid g‘oyalarni ochib berilgan hamda ularning yoshlarni “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlardan asrovchi  immunitetni shakllantirishda mo‘’tadillik, bag‘rikenglik, dunyoviy tafakkurni yuksaltirishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Homid G‘azzoliyning tasavvufiy tajriba va ma’naviy-axloqiy qarashlarining komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tajriba tushunchasini Aristotel`, Beruniy, Ibn Sino g‘oyalarini qiyoslab, G‘azzoliyda tajriba tushunchasining o‘ziga xos tasavvufiy mohiyat ekanligi “Al-hikmatu fi maxluqot-i-Lloh”, “Ravzat ut-tolibin va umdat us-solikin” asarlaridagi samoning yaratilishi, olamni tafakkur qilish, borliqning yaratilishi, ilm va axloq birligi, aqliy mushohada zaruratiga oid tadqiqot natijalari va nazariy xulosalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazilgan “G‘azzoliyning “Mezon ul-amal” asaridagi yaxshi fazilatlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” va “Abu Homid G‘azzoliy hunarlarning fazilati va sharafi to‘g‘risida” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 05-12-10-4569-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga, milliy-madaniy merosimizni hurmat qilishga va asrab-avaylashga, ma’naviy barqarorlikka erishishga xizmat qilgan hamda targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
G‘azzoliy tasavvufiy tajriba irfoniy bilishning muammosi ekanligi, radikal empiriklar va ratsionalistlardan farqli ravishda bu bosqichning asosiy hissiy hamda aqliy bilim ekanligi asoslangan va ular asosida mukoshafa, mushohada, muoyana, basirat darajalariga etish mumkinligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi RZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy) amaliy tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 19 iyuldagi 01-2600-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasavvufiy tajribaning yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishida, mafkuraviy immunitetning ortishida, falsafiy mushohadasining kengayishiga hamda taklif va tavsiyalarning mazmunan boyishiga, amaliy tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
G‘azzoliyning tasavvufiy tajribasi asosida yozilgan asarlarida (“Mukoshafat ul-qulub”, “Ar-risolat ul-laduniya”, “Mezon ul-amal” va “Ravzat ut-tolibin va umdat us-solikin”) aks etgan nafs pokligi, tarbiya, qalb ma’rifati, komil axloq tushunchalarining o‘z-o‘zini anglash va yoshlar tarbiyasida kreativ fikrlashni rivojlantirish, konsensusga erishtirishi, ezgulikka intilishni kuchaytirish va inson kamolotida ma’rifiy ahamiyatiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil avgust`-sentyabr oyida efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 1/236-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning islom madaniyatining oltin asrida o‘zining falsafiy, ma’naviy, ilmiy merosi, tasavvufiy-irfoniy ta’limotlari bilan umumbashariyat taraqqiyotiga beqiyot ta’sir ko‘rsatgan mutafakkirning falsafiy qarashlari bo‘yicha ilmiy-tasavvur va tushunchalarini boyitishga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan;
mutafakkir “Mezon ul-amal” asarida o‘z tasavvufiy tajribasidan kelib chiqib, saodatga erishish uchun zaruriy ilm va amallarni tasniflab, inson o‘z quvvatlarini jilovlay olishi, nafsoniy istaklarini boshqarishga oid g‘oyalarni ochib berilgan hamda ularning yoshlarni “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlardan asrovchi  immunitetni shakllantirishda mo‘’tadillik, bag‘rikenglik, dunyoviy tafakkurni yuksaltirishiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 3-bobi “Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida profilaktik tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”ning 44-bandi “Yurtimizdagi turli millat va elat, din va e’tiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod Vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni o‘zaro hurmat va hamkorlikka chorlash, umuminsoniy tamoyillarga aylangan g‘oyalarni keng targ‘ib etish maqsadida “Rahbar ma’naviyatini shaklantirishda umuminsoniy kadriyatlarning o‘rni” (Abu Homid G‘azzoliy falsafiy, axloqiy va tasavvufiy qarashlari hamda asarlari misolida) ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 5 noyabrdagi 02/08/1370-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy ishda ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan Markazdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish