Amonova Zaxro Qaxramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining disfunksiyasi tufayli kechadigan epilepsiyaning klinikasi, diagnostikasi va takomillashtirilgan davosi» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2110.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Ayten Mametbeyli- Ozarbayjon tibbiyot universiteti, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xaydarova Dil`dora Kadirovna- Toshkent tibbiet akademiyasi,   tibbiet fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipotalamo-gipofizar tizim disfunksiyasi bilan epilepsiyaning klinik va diagnostik xususiyatlarini jinsga bog‘liq holda o‘rganish va davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda gormonal fon: T3, T4, TTG, AKTG, kortizol, vazopressin, FSG, LG, testosteron, prolaktin miqdori epilepsiya patogenezida gipofizar tizimidagi o‘zgarishlarning ahamiyati aniqlangan;
klinik, neyrogormonal va neyrofiziologik ma’lumotlarni taqqoslash asosida kasallikning oqibati va klinik mezonlari aniqlangan;
gormonal status ko‘rsatkichlari va R300 KBK darajasi (amplituda va latentlik) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik o‘rnatilgan, bu epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarning patoxarakteriologik xususiyatlarining neyrobiologik jihatlarini asoslangan;
gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimida aniqlangan o‘zgarishlar natijasiga asoslanib epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashga kompleks yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipotalamo-gipofizar tizimda buzilish bo‘lgan bemorlarda epilepsiya diagnostikasi, prognozi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipotalamo-gipofizar tizim disfunksiyasi mavjud epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiynatijalari asosida ishlab chiqilgan "Gipotalamo-gipofizar tizim disfunksiyasi mavjud epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/75-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada  gipotalamo-gipofizar tizim disfunksiyasi mavjud epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish algoritmidan foydalanish  imkonini bergan;
ilmiy tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi va Toshkent shahridagi 5-shahar klinik shifoxonasining amaliyotiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-z/56 son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi gipotalamo-gipofizar tizimning disfunksiyasi fonida epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda epileptik xurujlar chastotasini 2 martadan ko‘proq kamaytirishga, farmakorezistent shakllarning chastotasini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish