Sayt test rejimida ishlamoqda

Beknazarov Jaxongir Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anti-O immun zardobini olish imkoniyatlari, uni va fitagglyutininlarni qondog‘ini sud tibbiyotiga oid tekshirishda qo‘llash» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib784.
Ilmiy rahbar: Baxriev Ibragim Isomadinovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbergenova Kamila Abdukerimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori titrli geteroimmun anti-O zardobini olish imkoniyatini o‘rganish va O antigenini dog‘larda aniklashda texnologik jihatdan qulay affin xromatografiya usulida geteroimmun zardob va fitoagglyutininlar yordamida tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O guruhli odam eritrotsiti va formalin aralashmasi bilan quyonlarni immunizatsiya qilish orqali yuqori titrli va spesifik anti-O zardoblari olish asoslangan; 
absorbsiya-elyusiya reaksiyasi orqali qon dog‘larini sud-tibbiy tashxislashda buzina o‘simligi fitagglyutininlari o‘rni va ahamiyati ochib berilgan;
affin radial xromatografiya usuli yordamida turli to‘qimachilik matolarida joylashgan qon izlarida shuningdek, ifloslangan qon dog‘larida O antigenini tashxislash uchun geteroimmun anti-O zardobidan  foydalanish tartibi asoslangan;
affin radial xromatografiya usuli yordamida turli to‘qimachilik matolarida joylashgan qon izlarida O antigenini tashxislash uchun buzina o‘simligidan olingan fitoaglyutininlar va geteroimmun anti-O zardobidan  foydalanish tartibi qiyosiy tahlili  isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anti-O immun zardobini olish imkoniyatlarni, uni fitoagglyutininilarni qon dog‘ini sud sud tibbiyotiga oid tekshirishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
anti-O immun zardobini olish imkoniyatlarni, uni fitoagglyutininilarni qon dog‘ini sud sud tibbiyotiga oid tekshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qon guruhini aniqlashda geteroimmun anti-O zardoblardan va buzina ekstraktining fitagglyutininlaridan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 8n-d/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sud-tibbiy ekspertizalarning aniqligini oshirish hamda adolatli sud qarorini xal etish imkonini bergan;
O guruhli odam eritrotsitlari va formalin aralashmasi bilan quyonlarni immunizatsiya qilish orqali yuqori titrli va spesifik anti-O zardoblarini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Anti-O(N) diagnostik immun zardobini olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 8n-d/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qon guruhini aniqlash uchun diagnostik anti-O immun zardoblarini olishda texnologik imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, olingan geteroimmun zardoblardan sud-tibbiyoti amaliyotida foydalanish imkonini bergan;
anti-O immun zardobini olish imkoniyatlarni, uni fitoagglyutininilarni qon dog‘ini sud sud tibbiyotiga oid tekshirishda qo‘llash bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlari filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23216-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi hayvonlarda yuqori immun javob reaksiyasi, emlash vaqtini, moddiy va mehnat sarfini sezilarli darajada qisqartirishni ta’minlovchi geteroimmun anti-O zardoblarni olishning samarali immunizatsiya usulini ishlab chiqish, geteroimmun anti-O zardoblar titri va spesifiklikligi borasida sud-tibbiyoti amaliyotida foydalanish uchun yaroqli hisoblanishi ekspertizalarning sifatini va asoslanganlik darajasini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish