Sayt test rejimida ishlamoqda

Azimov Lazizjon Alimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafas a’zolarining surunkali kasalliklarida parxez ovqatlanishni gigienik asoslash va  takomillashtirish» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/tib2692.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Talanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Xoja Axmad Yassaviy nomidagi Halqaro Qozoq-Turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda nafas a’zolarining surunkali kasalliklarida parxez ovqatlanishni gigienik asoslash va takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nafas a’zolarining surunkali kasalliklarga chalingan bolalarning hayot sifatiga noqulay ijtimoiy-gigienik omillarning (qoniqarsiz maishiy va sanitariya-gigiena sharoitlari, oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan daromadning pastligi, doimiy yoki vaqtincha ishsiz bo‘lgan ota-onalarning past ta’lim darajasi, to‘laqonli ovqatlanmaslik, sanitariya savodxonligi pastligi) ta’siri aniqlangan;
ilk bor nafas a’zolarining surunkali kasalliklariga chalingan bolalarning ovqatlanish statusining o‘ziga xosliklari, ratsion tarkibi va ovqatlanish rejimidagi nomutanosiblik aniqlangan;
ilk bor “Afsun marjon” yangi ozuqaviy qo‘shimchaning texnik shartlari va texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan, uning tibbiy-biologik havfsizligi toksikologik baholash asoslangan;
ilk bor nafas a’zolarining surunkali kasalliklariga chalingan bolalar uchun yangi mahsulotlar va milliy taomlarni kiritish bilan profilaktik davolovchi parhez ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafas a’zolarining surunkali kasalliklarida davolovchi ovqatlanishni gigienik asoslash va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nafas a’zolarining surunkali kasalliklaridan aziyat chekuvchi maktabgacha yoshdagi bolalarning salomatlik holatini, aqliy va jismoniy holatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yangi oziq-ovqat mahsulotlarning tibbiy-biologik xavfsizligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi  8n-r/447-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarning salomatlik holatini yuksallashtirish, jismoniy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish, sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
nafas a’zolarining surunkali kasalliklaridan aziyat chekuvchi bolalarning faktik ovqatlanishini gigienik baholash, tashkil etishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali o‘pka kasalligi bilan kasallangan bolalarning haqiqiy ovqatlanishini o‘rganish va tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31avgustdagi 8n-r/447-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ratsional ovqatlanish asosida bolalarni barkamol rivojlanishini, ratsionlar tarkibidagi muvozanatni va ovqatlanishni optimallashtirishni ta’minlash imkonini bergan;
ovqatlanish statusini o‘ziga xosliklarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalishi va jamoat salomatligi xizmati amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 08-27539-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bolalarni har tomonlama davolashni takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbir ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish