Sayt test rejimida ishlamoqda

Mamasaidov Jamolidin Turg‘inbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pestisidlarning jigar morfo - funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda patogenetik profilaktika va davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish» 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib447.
Ilmiy maslahatchilar: Nishonov Yusibjon Nishonovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraqulova Muqaddas Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shovaliev Ilxom Xaknazarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Osh davlat milliy universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pestisidlarning organizmga ta’sirini gigienik va toksikologik baholash hamda morfofunksional o‘zgarishlarining rivojlanish mexanizminmi erta tashxislash va buzilgan metabolizmni dinamikada korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi maratoba Baton ES va Fozalon pestisidlarning bog‘dorchilik va sabzovotchilikda qo‘llanilishining organoleplik, toksikologik va kumulyativ xususiyatlari molekulyar, hujayra, to‘qima va a’zolar to‘qimasi darajasida o‘zgarishga olib keluvchi toksikologik xususiyatlarining xavfsiz ta’minlashga qartilgan xavfsiz miqdorning reglamenti ishlab chiqilgan; 
birinchi marotaba gigienik va toksikologik tajriba sharoitida pestisidlarning gepatotoksik ta’sir mexanizmini qiyosiy baholashda morfofunsional o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari, jigarning biokimyoviy va fiziologik ko‘rsatkichlarining oldini olishga qaratilgan toksikologik va gigienik tahlillari amalga oshirilgan; 
anaerob glikoliz metabolitlarini transkarboksil kislota fermentlarining faolligi, trikarboksil kislotalarning substratlarini (butun qonda) oksidlanish- fosforlanishi, pestisidning ekzogen toksik ta’siri ostida umumiy oqsil, lipidlar va bilirubinlar (qon zardobida) miqdoridagi o‘zgarishlarning jigarning morfofunksional holatiga ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlar asoslangan; 
pestisidlar ta’sirida jigar parenximasining zararlanish darajasini tabiiy ko‘rsatkich (indikator) yordamida erta aniqlash uchun yangi noinvaziv kristallografiya usuli birinchi marotaba ishlab chiqilgan;
bog‘dorchilikda qo‘llaniladigan pestisidlar bilan ishlaydigan shaxslarning zaharlanishini gigienik va patogenetik jihatdan oldini olishga qaratilgan sanitar-gigienik va profilaktik chora-tadbirlarning majmuaviy tartibi orqali ishchilarning salomatlik holatini yaxshilashning optimal tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pestisidlarning jigar morfo-funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pestisidlarning jigar morfo-funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajriba hayvonlarning organizmiga Baton ES va Fuzalonning majmuaviy ta’sirini erta tashxislash va oldini olish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 8n-z/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yangi ishlab chiqilgan Baton ES va Fuzalonning pestisidlarning  tajriba hayvonlarning organizmiga majmuaviy ta’sirini erta tashxislash va oldini olishgan qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
pestisidlarning jigar morfo-funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Benzofosfat bilan surunkali zaharlanishda jigarning funksional holati va metobolik jarayonlarni  korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 8n-z/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma benzofosfat bilan surunkali zaharlanishda jigarning funksional holatining o‘zgarishlari, shuningdek metobolik jarayonlarni  korreksiyalash orqali pestisidning xavf omillarini gigienik baholash orqali patologiyani erta tashxsilash va oldini olish imkonini bergan;
pestisidlarning jigar morfo-funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda pestisidlar bilan ishlaydigan ishchilar organizmining yuza keladigan o‘zgarishlarning ayrim qonuniyatlarini erta tashxislash, oldini olish va davolash holati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 8n-z/40-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qishloq xo‘jaligining bog‘dorchilik va sabzavotchilik sohasida ishlaydigan ishchilar  organizmida pestisidlar bilan muloqatda bo‘lish natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarning ayrim qonuniyatlarini erta tashxislash natijasida yuzga keladigan o‘zgarishlarni oldini olish va  samarali davolash orqali jigarda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni oldini olish imkonini bergan;
pestisidlarning jigar morfo-funksional holatiga ta’sir mexanizmini kompleks baholash hamda davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining profilaktik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 08-27503-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Fozalon va Baton ES pestisidlari bilan ishlov berishda pestisidlarning konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan bir oz yuqori bo‘lishi, tanlangan pestisidlaridan foydalanganda shlang-gidravlik purkagichning ishlashi, traktor haydovchisining nafas olish sohasi havodagi Fozalon va Baton ECning miqdori 0,48 dan 1,76 mg/m3 gacha ekanligi, shlang operatorlarida - 0,78-2,46 mg/m3 va qo‘lda ishlov berishda - 0,65-2, 28 mg/m3, traktor haydovchisi kabinasida pestisid konsentratsiyasi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan 9,2 marta, shlang operatorlarida 16,4 barobar, qo‘lda ishlov berishda esa 17,2 baravarga oshgani bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish