Sayt test rejimida ishlamoqda

Brigida Krestina Stepanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «HBV va HCV infeksiyalarida gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisotini takomillashtirish», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Tib1173.
Ilmiy rahbar: Xikmatullaeva Aziza Saydullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: HBV va HCV infeksiyasi oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisot mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virus  etiologiyali bo‘lmagan gepatotsellyulyar karsinomaga nisbatan viruslarning onkogenezga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan HBV va HCV oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinomaning og‘ir kechishi isbotlangan;
o‘smaning metabolik faolligi bilan bog‘liq virus etiologiyali jigar sirrozi oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinoma shakllanishining klinik va laborator xususiyatlari aniqlangan; 
gepatotsellyulyar karsinoma tashxisotida AFP, AFP L3, PIVKA II onkomarkerlari va ular kombinatsiyalarining ahamiyati aniqlangan;
«xarajatlarni minimallashtirish» orqali iqtisodiy samaradorlikni hisoblagan holda HBV va HCV oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinomani erta  tashxislash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
HBV va HCV infeksiyalari oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda gepatotselyular karsinomaning erta tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisot algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 sentyabrdagi 08-29343-son ma’lumotnomasi). Natijalar HBV va HCV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar orasida GSKning erta tashxisotini yaxshilash imkonini bergan;
HBV va HCV infeksiyalari oqibatida yuzaga kelgan gepatotsellyulyar karsinomaning erta tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RIORIATM va Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 sentyabrdagi 08-29343-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar GSK ni erta va o‘z vaqtida aniqlashni yaxshilash imkonini bergan, bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish