Sayt test rejimida ishlamoqda

Isxakov Sherzod Alisherovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarning periferik qonida autorozetka hosil bo‘lishi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib858.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Babajanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oyoq tomirlarning surunkali ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda autorozetka shakllanishi fenomenining xususiyatlarini va uning prognostik ahamiyatini baholashdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq tomirlarining surunkali ishemiyasi kasalliklarida oyoqning orqa arteriyalarining dopplerografiyasida arteriyalarda qon oqimining chiziqli tezligi endoteliy funksional holatining buzilishi bilan to‘piq-elka indeksi (BEI) qiymatiga bog‘liq ravishda mikrotsirkulyasiya kanalining holati aniqlangan;
oyoq tomirlarining ishemik kasalligi  bemorlarida poykilotsitoz va autorozetka shakllanishi aniqlanib, erigan autorozetkalar hamda limfotsitar autorozetkalar miqdorining oshishi yurak-qon tomir salbiy oqibatlari va oyoq tomirlarining ishemik kasalligining rivojlanish xavfi orasidagi bog‘liqlik asoslangan;
oyoq tomirlarining ishemik kasalligi tizimli yallig‘lanish reaksiyasi, shuningdek,  autorozetka erishining faolligi, bilvosita – endoteliyning funksional holati buzilishi, limfotsitlarni autorozetkalarning shakllanishi qobiliyatini oshirishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
oyoq tomirlarining ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gemoreologik tekshiruvlar asosida yurak-qon tomir xavfi va uning salbiy prognostik ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarning periferik qonida autorozetka hosil bo‘lishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarning periferik qonida autorozetka hosil bo‘lishi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda mikrotsirkulyasiyani baholash usuli» nomli uslubiy  tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 09 oktyabrdagi 8n-d/185-28 son ma’lumotnomasi).  Ushbu uslubiy tavsiyanoma zararlangan oyoqlarning mikrotsirkulyasiyasi darajasini baholashni tezlashtirish, aniqlashtirish va soddalashtirish imkonini bergan;
oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda periferik qonida autorozetka hosil bo‘lishini baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya va «Akfamedline» klinikasi qon tomir patologiyasini rentgen endovaskulyar davolash bo‘limlarining klinik faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 08-20535 - son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilishi oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda ateroskleroz kuchayishi hamda arteriolalarda autorozetka hosil bo‘lishini kuchayishi oqibatida kuzatilayotgan mikrotsirkulyasiyadagi o‘zgarishlarni yaxshilash maqsadida muolajalarni intensiv boshlash markeri bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish