Sayt test rejimida ishlamoqda

Nazarova Nigina Otabek qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lyupus nefrit rivojlanishining   klinik-patogenetik va genetik jihatlarini prognostik  ahamiyati», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1879
.4.PhIlmiy rahbar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek millatiga mansub tizimli qizil bo‘richa bilan kasallangan bemorlarda klinik va genetik tahlil natijalariga asoslangan holda lyupus nefrit rivojlanishining prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lyupus nefritni klinik belgilari, laborator va asbobiy tekshiruv natijalarining SD14 (S-159T) va TGFb1 (Arg25Pro) genlar polimorfizmi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek millatida lyupus nefrit rivojlangan bemorlarda  CD14 genining S159T polimorf markerini funksional noxush T allelining uchrash darajasi 55,1%, hamda TGFb1 genining Arg25Pro polimorf markerini funksional noxush Pro allelining uchrash darajasi 10,3%  ekanligi aniqlangan;
o‘zbek millatida lyupus nefrit chaqirishiga moyillik tug‘diruvchi SD14 genining C159T va  TGFb1 genining Arg25Pro   polimorfizmlarining alohida va o‘zaro ta’sir xususiyatlari aniqlangan; 
lyupus nefrit rivojlanishiga sabab bo‘ladigan xavf guruhlarini shakllantirishda  axborot genetik markerlarning diagnostik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lyupus nefrit rivojlanishining   klinik-patogenetik va genetik  jihatlarini prognostik  axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan: 
lyupus nefrit rivojlanishining klinik-patogenetik va genetik jihatlarining prognostik  ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Lyupus nefrit rivojlanishining klinik-patogenetik jixatlarning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-r/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma lyupus nefrit mavjud bemorlarda patogenetik mexanizmlarni hisobga olgan holda, davolashda buyrak faoliyatini barqarorlashtirish natijasida surunkali buyrak kasalligining davo samaradorligi oshirish, uning asoratlari erta rivojlanishining oldini olish va o‘z navbatida bemorlar hayot sifati yaxshilash imkonini bergan; 
lyupus nefrit rivojlanishining klinik-patogenetik va genetik jihatlarini prognostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 08/30007-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi lyupus nefrit mavjud bemorlarning umr davomiyligi uzayishi, gemodializga bo‘lgan vaqtni uzaytirish, aholi orasida o‘lim va nogironlikni kamaytirib mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish