Sayt test rejimida ishlamoqda

Kamilova Soxiba Eldarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda prasugrel va klopidogrelning samaradorligini o‘rganish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib859.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oyoklar surunkali ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda prasugrel va klopidogrelning klinik va reologik samaradorligini solishtirma baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prasugrelning yuklamali dozasiga chidamlilik 1,69%, klopidogrelga esa - 42,86% hollarda aniqlangan; 
prasugrelning klopidogrelga nisbatan, shu jumladan klopidogrelga chidamliligi bo‘lmagan bemorlarda xam trombotsitlar agregatsiyasi faolligini susaytirishda ishonchli afzalligi isbotlangan; 
oyoklar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlar magistral arteriyalarining doppler tekshiruvida qarshilik va pul`satsiya indekslari oshishi aniqlangan; 
oyoklar surunkali ishemiyasida mikrotsirkulyator zahirani yaxshilash nuqtai nazaridan prasugrelning klopidogrelga nisbatan ishonchli afzalligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqlarning surunkali ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda antiagregant terapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda prasugrel va klopidogrelning samaradorligini baholash tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlarning ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda P2Y12 reseptorlari ingibitorlarini tanlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 09 oktyabrdagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma trombogen xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda samarali antiagregant terapiyasini o‘tkazishga asos bo‘lib, dastlabki bosqichlarda ma’lum tienoperidinlarga chidamlilikni aniqlash imkonini bergan; 
oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda prasugrel va klopidogrelning samaradorligini qiyosiy baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya va «Akfamedline» klinikasi qon tomir patologiyasini rentgen endovaskulyar davolash bo‘limlarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 08-20539 - son ma’lumotnomasi). Oyoqlar surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda prasugrelni qo‘llashni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilishi tromboz va amputatsiyalar xavfini  xamda nogironlikni kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish