Sayt test rejimida ishlamoqda

Abduraxmanova Nargiza Mirza-Baxtiyarxonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kliniko-immunologicheskie osobennosti i novie podxodi lechebno-profilakticheskix mer pri ankiloziruyushhim spondiloartrite u bol`nix, perenesshix COVID–19», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib.686.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandon Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Ilxom Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID–19 o‘tkazgan bemorlarda ankilozlovchi spondiloartritning klinik belgilari, kechish xususiyatlari, suyak-bo‘g‘im tizimi zararlanishi va immunologik o‘zgarishlar kuchayishini baholash, xamda davolash-profilaktika choralarini mukammallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ankilozlovchi spondiloartritga chalingan bemorlarda COVID–19 negizida T-hujayraviy himoyalanish jarayoni va ulardagi differensiyalovchi antigenlar (CD3+, CD4+ va CD20+) ekspressiyasi buzilishlari aniiqlangan hamda ularning sitokin profili (IL-6 va IL-17) nomutanosibligidagi o‘rni asoslangan;
umurtqa pog‘onasida destruktiv o‘zgarishlar rivojlanishida interleykin-17 va C-telopeptide of type II collagen markerlarining patogenetik ahamiyati aniqlangan; 
ankilozlovchi spondiloartritda yallig‘lanish oldi sitokinlarini COVID-19 tufayli ortib borishida Anti-CD74 o‘rni asoslangan va uning prognostik ahamiyati isbotlangan;
ankilozlovchi spondiloartritda COVID–19 tufayli umurtqada yuzaga kelgan spesefik  “jomsimon” shakldagi yallig‘lanishli o‘zgarishlarni erta aniqlashda umurtqa pog‘onasining xaritalash tizimi o‘rni asoslangan;
COVID–19 negizida rivojlangan ankilozlovchi spondiloartritning og‘ir va turg‘un faollik bilan kechuvchi shakllarini davolashda bazis vositalardan IL-17 ingibitorlari qo‘llanilganda davo samaradorligiga ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ankilozlovchi spondiloartritni tibbiyotning birlamchi tizimida erta tashxislash va COVID-19 o‘tkazgan xamda unga chalingan bemorlarda davolash-profilaktika choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ankilozlovchi spondiloartritni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Umumiy amaliyot shifokori amaliyotida spondiloartrit bilan kechuvchi kasalliklarni erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n–z/924-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma birlamchi bo‘g‘inda ankilozlovchi spondiloartritni erta tashxislash, boshqa spondiloartritlar bilan kechuvchi kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish imkonini bergan;
koronavirus o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda davolash-profilaktika ishlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartritga chalingan bemorlarda davolash-profilaktika choralari algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil  8 apreldagi  8n–z/154-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma  COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda bo‘g‘im tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni oldini olish imkonini bergan; 
kasallikni erta aniqlash, qiyosiy tashxis o‘tkazish, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini erta boshlash maqsadida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, 3-shahar klinik shifoxonasi, Toshkent shahridagi 13-oilaviy poliklinika, Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 21-22-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 sentyabr` 08344-sonli xulosasi). Olingan ilmiy natijalarini klinik amaliyotga joriy etilishi, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida ankilozlovchi spondiloartritni erta aniqlash, nogironlikni va kasallik zo‘rayishini oldini olish, uzoq muddatga mehnat qobiliyatini saqlab qolish, COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash, tekshirish va tashxislash, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga sarf qilinadigan mablag‘ni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish