Sayt test rejimida ishlamoqda

Yakubova Sarvinoz Raxmonqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olinmaydigan metallsiz keramika  protezlarning  mineral gomeostaziga va kislota-ishqor muvozanatga ta’siri», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1436.
Ilmiy rahbar: Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Kalbaev Abibilla Akburaevich,  tibbiyot  fanlari doktori, professor;  Zoyirov  To‘lqin  Elnazarovich, tibbiyot  fanlari  doktori,  dotsent; 
Etakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston)
II. Tadqiqotning maqsadi tish katori adentiyalari mavjud bemorlarda kuzatilayotgan protez taka olmaslik simptomatik xolatlarini bartaraf etishda protez xomashyolari turi, protez sifati va ogiz sulagi biokimyoviy tarkibini inobatga olgan xolda mukammallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ortopedik davolanishdan oldin va keyin metallsiz keramika tish protezlari qo‘yilgan bemorlarda so‘lakning kislota-ishqor muvozanati ko‘rsatkichlarini tavsiflash asoslangan; 
ortopedik davolanishdan oldin va keyin metallsiz keramik tish protezli bemorlarda so‘lakda kaliy, natriy, kal`siy va magniy ionlarining konsentratsiyasini o‘zgarishi aniqlangan;
metallsiz keramik tish protezlari yordamida ortopedik davolash oldin va keyin protez osti va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, parodont to‘qimalarida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni aniqlangan;
metallsiz tish protezlari qo‘llash mobaynida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar turlari va namoyon bo‘lish darajasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Adentiyali bemorlarga ortopedik yordam va protez taqa olmaslik simptomatik holatni oldini olish amaliy stomatologiyada shu yo‘nalishdagi mutaxassislar xizmati samarasini yaxshilashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida: 
bemorlarga ekspluatatsiya qilish jarayonida protez konstruksiyalari holatini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Bemorlarga ekspluatatsiya qilish jarayonida protez konstruksiyalari holatini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/988-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma protez konstruksiyalari holatini baholash imkonini bergan; 
qisman adentiya bo‘lgan bemorlarda so‘lakning mineral tarkibini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Qisman adentiya bo‘lgan bemorlarda so‘lakning mineral tarkibini aniqlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/989-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma adentiya mavjud bemorlarda so‘lakning mineral tarkibini o‘rganish tashxislash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
qisman adentiya mavjud bemorlarda so‘lakning mineral tarkibini o‘rganish va ularni diagnostik ahamiyati o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, Samarkand viloyat stomatologik poliklinikasi ish faoliyatiga tadbik etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/988-son ma’lumotnomasi) va Jizzax viloyat stomatologik poliklinikasi ish faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 01 noyabrdagi 8n-r/989-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida so‘lakning mineral tarkibini o‘rganish tish protezlarini taqa olmaslikning patogenetik mexanizmlari ochishga erishilgan. Tadbiq natijalari diagnostikani takomillashtirish, profilaktik yordam sifatining oshishi, klinik-bioximik ko‘rsatkichlarning me’yor darajasida yaxshilanishi, davolanish muddatlarining qisqarishi va protezlarni taqa olmaslik simptomatik holatlarda individual yondashuv imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish