Sayt test rejimida ishlamoqda

Dolimov Toxirbek Kenjabek o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «HDV - infeksiyasining klinik-patogenetik xususiyatlari va gormonal davoning samaradorligi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib227. 
Ilmiy maslahatchi: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Farhod Haydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot instituti (RF). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: HDV-infeksiyasini klinik-patogenetik xususiyatlari asosida gormonal davoni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadkikotning ilmiy yangiligi: 
HDV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning qonida HBV DNK si mavjud bo‘lmagan holatlarda, HBV DNK ning yuqori replikativ faolligi aniqlangan;
HDV infeksiya bilan og‘rigan bemorlarni qon plazmasida HBV DNK si mavjud bo‘lmaganda, nukleozid va nukleotid analoglarini qo‘llash  asoslangan;
virusli gepatitning og‘ir kechishida bemorlarda glyukokortikosteroid etishmovchiligining mavjud emasligi kortizol miqdorini ortishi bilan patogenetik mexanizmi isbotlangan;
yangi muzlatilgan plazma tarkibida transkortin miqdori al`bumin tarkibidagi transkortin miqdoridan ortiqligi bilan farqlanishi  asoslangan;
jigar to‘qimasida sitolitik sindromni (ALT, AST) pasaytirish maqsadida yangi muzlatilgan plazmaning ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
HDV-infeksiyasining klinik-patogenetik xususiyatlari va gormonal davoning samaradorligini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
virusli gepatitlarni og‘ir kechishida glyukokortikosteroidlar bilan davolashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Virusli gepatitlarni og‘ir kechishi kuzatilgan bemorlarda glyukokortikoidli davoni buyurishga yondoshuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8n-r/199-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma virusli gepatitlar og‘ir kechishi kuzatilgan bemorlarda o‘rnini bosuvchi gormonal davoni to‘g‘ri o‘tkazish imkonini bergan;
 qon plazmasida HBV DNK mavjud bo‘lmagan holatlarda, jigar bioptatida uning mavjudligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «HDV-infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda virusga qarshi davolashga yondoshuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 oktyabrdagi 8n-r/976-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  HDV-infeksiya bilan og‘rigan bemorlarda virusga qarshi davoni o‘tkazish mezonlarini belgilash imkonini yaratgan;
HDV-infeksiyasining klinik xususiyatlari va gormonal davolashning samaradorligini asoslash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari Yuqumli kasalliklar shifoxonalari faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 08-27542-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  virusga qarshi davoni o‘tkazish mezonlarini belgilash, virusli gepatitlarni og‘ir kechishida glyukokortikosteroidlar bilan davolash, glyukokortikosteroidlarni buyurish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish