Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdurazakov Xusayin Salimatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir xirurgik kasalliklarida ichak etishmovchiligi sindromining klinik-morfologik aspektlari», 14.00.02–Morfologiya va 14.00.27-Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2601.
Ilmiy rahbar: Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamdamov Baxtiyor Zarifboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir jarrohlik kasalliklarida ichak etishmovchiligi sindromi morfologik o‘zgarishlari  bosqichliligi va namoyon bo‘lishi darajasini hisobga olgan holda tashxislash va davolash usullarini  takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida patologik jarayonning ingichka ichakda yuzaga kelishi, ingichka ichak devori qon tomir-to‘qima tuzilmalarida morfologik buzilishlarning yuzaga kelishi, o‘tkir tarqoq peritonitda kasallikning kechishi, oqibati va og‘irligi darajasi ingichka ichak devorining qon tomir-to‘qima tuzilmalaridagi distrofik, yallig‘lanish-destruktiv buzilishlar va ular ichak etishmovchiligi sindromi og‘irlik darajalari bilan korrelyasiyasi  asoslangan;
o‘tkir pankreatit kasalligida ingichka ichakning patologik jarayonga tortilishi, ingichka ichak devori qon tomir-to‘qima tuzilmalaridagi distrofik-destruktiv o‘zgarishlar oqibatida ichakdagi funksional sekretor, so‘rilish, transport faoliyatining buzilishni rivojlanish tartibi asoslangan;
ilk marotaba o‘tkir peritonit kasalligida rivojlanadigan toksemiya, endotoksikoz va ichak etishmovchilik sindromini davolash chora-tadbirlarining ilk davrlaridanoq mahalliy enterosorbentning samarali ijobiy ta’siri isbotlangan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida ichakning  struktur tashkillanishi, butunligi buzilishining barcha darajalarida distrofik-destruktiv va reaktiv o‘zgarishlar ustunlik qilishi, ingichka ichak devori qon tomir-to‘qima tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlar ichakdagi funksional izdan chiqishlarining asosiy etakchi omili ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir jarrohlik kasalliklarida ichak etishmovchiligi sindromining xirurgik amaliyotida keyingi morfologik o‘zgarishlarning salbiy asoratlarning oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida ichak etishmovchiligi sindromi mavjud bemorlar holatini klinik-morfologik bashoratlash va davolash mezonlarini yaxshilash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir peritonitni davolashda enteral detoksikatsiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 8n-z/193-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ichak etishmovchiligi sindromi mavjud bemorlarda enteral detoksikatsiya maqsadida mahalliy «Zerotoks» preparatini qo‘llashning samaradorligini baholash, o‘tkir peritonit bilan kasallangan bemorlarni davolash chora-tadbirlari natijalari va samarasini yaxshilash imkonini bergan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir jarrohlik kasalliklari mavjud bemorlarni tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Nukus filiali, Toshkent shahar «INVIVO CLINIK» xususiy klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi 08-26949-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolari o‘tkir xirurgik kasalliklarida ichak etishmovchiligi sindromiga ega bemorlardagi asoratlarni kamaytirish, davolash sifati va taktikasini, erta tashxislash jarayonlarini yaxshilash hamda mehnat qobiliyatini erta tiklanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish