Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismailov Boburbek Maxmudjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Azofenol va azonaftollarning mono-, dipropargil efirlarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1709.
Ilmiy rahbar: Maxsumov Abduxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori; Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: azofenol va azonaftollarning mono-, dipropargil efirlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
azofenol va azonaftol: propargil galogenid: katalizator sistemasida hosil bo‘luvchi oraliq alkogolyat molekulasidagi ion bog‘lari uzilishi bilan beqarorligi ortib, nukleofil birikish reaksiyasi oson borishi asoslangan;
azofenol va azonaftollarning propargil efirlari yuqori (88.6-93.1 %) unumlarda hosil bo‘lishi, elektronodonor erituvchilarning dastlabki komponentlar tarkibidagi S-Hal bog‘ning oson uzilishi, ionlanish energiyasini va reaksiya intensivligini oshirishi bilan isbotlangan; 
atsetilen bog‘i, elektronlar jufti umumlashmagan kislorod va azoguruhlari ketma-ket joylashgan, chiziqli tuzilishga ega azofenol 4,4'-dipropargil diefirining metallarni korroziyadan himoyalashning samarali ingibitori ekanligi isbotlanib, agressiv muhit rN=2 - 5 bo‘lganda, 0,02 % konsentratsiyada himoyalash darajasi  81,0 % ni tashkil etishi aniqlangan;
azofenol va azonaftollarning mono-, dipropargil efirlarining sanoatda polimer materiallari uchun turli xil iqlim sharoitlarida fizik-mexanik xossalari o‘zgarmaydigan yorqin ranglardagi (to‘q sariq, to‘q qizil va yashil)  bo‘yovchanlik xususiyati aniqlangan;
azofenol va azonaftollarning mono- va dipropargil efirlarini olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Azofenol va azonaftollarning mono- va dipropargil efirlari ishlab chiqarishning samarali texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
4,4'-dipropargil diefir azofenol asosida metall qurilmalari va asbob-uskunalarini korroziyadan himoyalash ingibitori «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 yanvardagi 2301-01-01/126-son ma’lumotnomasi). Natijada, rN=2 - 5 chegaralar-dagi kuchli kislota muhitida metallarni korroziyadan himoyalovchi ingibitordan foydalanish imkonini bergan; 
azofenol va azonaftollarning mono-, dipropargil efirlari polimerlar uchun yorqin ranglar hosil qiluvchi bo‘yoq moddalar Shurtangaz kimyo majmuasiga qarashli «Qarshitermoplast» sexida amaliyotga joriy etilgan («O’zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati 2021 yil 22 noyabrdagi 03-17-5/178-son ma’lumotnomasi). Natijada, ob-havo turli xil sharoitlarida fizik-mexanik xossalari o‘zgarmaydigan, yorqin rangdagi plastik quvurlar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish