Raximov Xusniddin Nurboboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft-gaz sanoatida ishlatilgan etanolaminlarni hossalarini tiklash va ularni gaz tozalash jarayonida qayta qo‘llash», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1268.
Ilmiy rahbar: Turaev Tolib Bozorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Egamberdi Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatilgan alkanolamin eritmalarini samarali regeneratsiyalash va qayta foydalanish bilan tabiiy gazlarni tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda ishlatilgan absorbent - dietanolamin ishchi eritmasi tarkibida organik birikmalar (N-(oksietil)- va N,N-bis-(oksietil)-imidazolidon, tris-(oksietil) etilendiamin, N-(oksietil)- va dietanolpiperazin, N-(oksietil)-oksazolidon)ning hosil bo‘lishi aniqlanib, alkanolaminlarning absorbsiya va desorbsiya jarayonlarining termik dekstruksiyalanish mahsulotlari ekanligi isbotlangan;
tarkibida termik bardoshli tuzlar saqlagan aminli ishchi eritmani ionitlar yordamida tozalashning maqbul sharoitlari begilanib, og‘ir metalli ionlaridan modifikatsiyalangan polistirol asosidagi anionitlarda samarali tozalanish asoslangan;
ishlatilgan ishchi eritmani organik qo‘shimchalardan termik va bardoshli komponentlardan ionalmashuvga asoslangan kombinirlangan tozalashning usullari tavsiya etilib, fizik-ekspluatatsion xususiyatlari (qovushqoqligi 2,8 sPz; sirt tarangligi 71,35 din/sm; absorbsion hajmi, 0.044 mol`/mol`) tiklangan absorbent olingan;
ishlatilgan alkanolamin eritmalarini samarali regeneratsiyalash va qayta foydalanish bilan tabiiy gazlarni tozalashning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalashda foydalanilgan aminli ishchi eritmalarni faolligini qayta tiklash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foydalanilgan dietanolaminning ishchi eritmasini regeneratsiyalash texnologiyasi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomalari). Natijada, foydalanilgan 30 %-li ishchi eritmani N-(oksietil)- va N,N-bis-(oksietil)-imidazolidon, tris-(oksietil) etilendiamin, N-(oksietil)- va dietanolpiperazin, N-(oksietil)-oksazolidon va termik bartoshli tuzlardan regeneratsiyalangan absorbentdan qayta foydalanish imkonini bergan;
dietanolamin ishchi eritmasini regeneratsiyalash texnologiyasi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomalari). Natijada, regeneratsiyalangan dietanolamin ishchi eritmasidan absorbent sifatida foydalib, agressiv komponentlardan meyyorlar mos tozalangan tabiiy gaz ishlab chiqarish imkonini bergan.