Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupova Lola Azimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Asetilen va diollar asosida vinil birikmalar sintezi, xossalari, qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T351.
Ilmiy maslahatchi: Nurmanov Suvonkul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor; Vapoev Xusnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori; Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki yoki uch komponentli yuqori asosli katalizator - erituvchi sistemalarda atsetilen, diollar va ularning vinil efirlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va olingan mahsulotlarni maqsadli foydalanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetilen va atsetilatseton, atsetofenon, metiletilketon, formal`degid asosida 3,5-dimetil-3,5-diviniloksi-1,6-geptadiin, 2,5-difenil-3-geksin- 2,5-diol, 3,6-dimetil-4-oktin-3,6-diol, 2-butin-1,4-diol sintez qilingan va jarayon borishining qonuniyatlari aniqlangan; 
atmosfera va yuqori bosim, gomogen va geterogen-katalitik usulda 3,5-dimetil-1,6-geptadiin-3,5-diol, 2,5-difenil-3-geksin-2,5-diol, 3,6-di- metil-4-oktin-3,6-diol, 1,3-digidroksibenzol, 2-butin-1,4-diolni atsetilen ishtirokida katalitik vinillash reaksiyasi va diollarni mos ravishdagi mono- va divinil hosilalari hosil bo‘lishi aniqlangan va jarayonning borishi optimallashtirilgan; 
MeON/DMSO va MeON/DMSO/SsF yuqori asosli sistemalarini vinillash reaksiyasidagi o‘rni, har bir jarayon uchun faollanish energiyasi qiymati hisoblab topilgan;
tanlangan diollar va ular asosida sintez qilingan vinil- va divinilbirikmalarning hosil bo‘lish mexanizmi isbotlangan;
atsetofenon va atsetilen asosida olingan birikmalarni qishloq xo‘jaligida bug‘doyni sariq zang kasalligiga va neft-gaz sanoati metall konstruksiyalari korroziyasiga qarshi faolligi, atsetilatseton asosida sintez qilingan 3,5-dimetil-3,5-diviniloksi-1,6-geptadiin birikmasining g‘o‘za poyasi va ildiz o‘sishiga biostimulyatorlik xossasi, 2-butin-1,4-diol vinil efirlarini defoliantlik xossasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diollar va ularning vinil efirlari asosida biologik faol birikmalar sintezi, qo‘llanishini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
3,5-dimetil-1,6-geptadiin-3,5-diol va atsetilen asosida 3,5-dimetil- 5-vinioksi-1,6-geptadiin-3-ol va 3,5-dimetil-3,5- diviniloksi-1,6-geptadiin ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 28 martdagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3,5-dimetil-3,5-diviniloksigeptadiin-1,6 asos o‘simliklarni o‘sishini stimulovchi vosita 0,001% li eritmasi g‘o‘za poyasini 109,1%, ildiz o‘sishini 112,3% gacha o‘stirishga, hosildorlikni 4,5 s ga oshirish imkonini bergan;
2-butin-1,4-diolni atmosfera bosimida atsetilen bilan gomogen- katalitik vinillash bilan 4-viniloksi-2-butin-1-ol olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Elektro- kimyozavod» QK-AJning 2018 yil 12 apreldagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada, 4-viniloksi-2-butin-1-ol asos defolyantlar g‘o‘za bargini tushirish vaqtini 30 - 40 % qisqartirish, pishmagan ko‘saklarga ta’siri 50 % ga kamaytirish va hosildorligini 2 - 3 % ga oshirish imkonini bergan; 
2,5-difenil-geksin-3-diol-2,5 asosida sintez qilingan 2,5-difenil- 5-viniloksi-3-geksin-2-ol va 2,5-difenil-2,5-diviniloksi-3-geksin bug‘doyni zang kasalligini keltirib chiqaradigan (Puccinia striiformis West) zamburug‘iga qarshi kurashishda 2,5-difenil-5-viniloksi- geksin-3-ol-2 ni 0.1% li eritmasi «Elektrokimyozavod» QK-AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 28 martdagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyni hosildorligini oshirish imkonini bergan; 
atsetofenon va atsetilen asosida metallarni korroziyadan himoyalovchi 2,5-difenil-3-geksin-2,5-diol preperati «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ qurilmalarini himoyalash uchun amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 26 apreldagi №202/G’K-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik qurilmalarni yuqori samarali korroziya ingibitorlari bilan himoyalash bilan ishlash muddatlarini uzaytirish va CONQOR-404 sanoat preparatini to‘liq almashtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish