Sayt test rejimida ishlamoqda

Muradova Emma Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turlicha shtammlar ta’sirida odam va hayvonlar exinokokkozining morfologik o‘ziga xos xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B398.
Ilmiy rahbar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshbultaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Karimqulov Abdulla Tojiqulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy niversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil exinokokkoz shtammlarining biologik farqi, epizootologiyasi, zararlangan to‘qima va organlarning morfologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor har xil yoshdagi xayvonlar va odamlarning turli organlarida joylashgan exinokokk shtamlarining epizootologik va epidemiologik  ahamiyati aniqlangan;
exinokokk bilan zararlangan jigar, o‘pka, miya va taloq to‘qimalarini elektron mikroskopik va morfologik xususiyatlarini aniqlash natijasida kistaning lokalizatsiyasiga qarab parazitar kistaning tashxislash usuli takomillashtirilgan; 
O‘zbekiston hududida gidatidozli exinokokkozni tarqalish darajasi hududning bioekologik omillariga bog‘liqligi ochib berilgan;
exinokokk bilan zararlangan hayvonlar va odamlar qon zardobidagi erkin aminokislotalarni miqdorini aniqlashda spektrofotoxromatografiya tashxislash usuli ishlab chiqilgan;
respublikamizda exinokokkozning invaziya ekstensivligi hayvonlarning yoshi va hududiy mansubligiga bog‘liq holda tarqalishi aniqlangan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli shtammlar ta’sirida odam va hayvonlar exinokokkozining morfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kistaning lokalizatsiyasiga qarab parazitar kistani takomillashtirilgan tashxislash usuli Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02/23-329-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayvonlarni exinokokkoziga o‘z vaqtida erta tashxis qo‘yish imkonini bergan; 
exinokokk bilan zararlangan hayvonlar va odamlar qon zardobidagi erkin aminokislotalarni miqdorini aniqlashda spektrofotoxromatografiya tashxislash usuli Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi  02/23-329-son ma’lumotnomasi) Natijada, jarrohlikdan keyin paydo bo‘ladigan asoratlar sonini 14 % dan 5 % gacha, kasallik residivini 10 % dan 2,8 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish