Sayt test rejimida ishlamoqda

Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori gossipolli paxta moyini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirib olingan tovarlarni sinflash», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari, 02.00.09 - Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T536.
Ilmiy maslahatchilar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Asqarov Ibroxim Raxmanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azim Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatova Iroda Yusupovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali ishlov berish bilan yuqori gossipolli paxta moyini olish, gossipolni alohida tovar sifatida ajratish, gossipolsizlantirilgan moyni rafinatsiyalash texnologiyasini hamda olingan mahsulotlarga TIF TN tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigit yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali elektrmagnit maydonda ishlov berishning gossipol qopchalariga ta’siri, gossipol shaklining nativlikdan bog‘langan holatga o‘zgarish xususiyatlari aniqlangan; 
chigit yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali elektrmagnit maydon yordamida “yumshoq” rejimda, maqbul texnologik sharoitlarda gidrotermik ishlov berish, press moyini kislota sonini 1,3-1,5 va perekis sonini 1,4-1,7 birlikka qadar pasaytirishi, erkin gossipolni moy tarkibida maksimal saqlab qolish qonuniyatlari aniqlangan;
yuqori gossipolli paxta moyi massasiga nisbatan 0,2% miqdorida monoetanolamin bilan forrafinatsiya qilish orqali, 0,5-0,7% miqdorida ko‘proq gossipolni alohida tovar sifatida ajratib olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
forrafinatsiyalangan moyni rafinatsiya qilishda moy massasiga nisbatan 0,5% miqdorida 25% konsentratsiyali ishqor-karbamid eritmasi bilan ishlov berish, toza moy chiqishini 0,4-0,6% ga oshirishi nazariy va amaliy jihatdan isbotlangan; 
yuqori gossipolli paxta moyini ishlab chiqarish va qayta ishlashdan olingan tovarlarning kimyoviy tarkibi asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘ta yuqori chastotali nurlar yordamida olingan paxta moyini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish va tovarlarni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chigit yanchilmasiga o‘ta yuqori chastotali ishlov berish texnologiyasi «Golden oil best» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2022 yil 11 oktyabrdagi OZ/3-840-son ma’lumotnomasi). Natijada, yanchilmani presslashga tayyorlash jarayonini 5-8 marta jadallashtirish imkonini bergan; 
o‘ta yuqori chastotali ishlov berish yordamida olingan yuqori gossipolli paxta moyini ikki bosqichli rafinatsiyalash texnologiyasi «Golden oil best» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2022 yil 11 oktyabrdagi OZ/3-840-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan texnologiya press moyining kislota sonini 1,3-1,5 birlik va perekis sonini 1,4-1,7 birlikga qadar kamaytirishi hamda rafinatsiyalangan moyning chiqishini 0,4-0,6% gacha oshirish imkonini bergan; 
yuqori gossipolli paxta moyidan olingan texnik gossipol uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 1512299001 tovar kod raqamlari davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy bojxona laboratoriyasining 2022 yil 01 iyuldagi 16/05-22-0369-son ma’lumotnomasi). Natijada, import-eksport operatsiyalarida texnik gossipolni alohida tovar sifatida identifikatsiyalash imkonini bergan; 
forrafinatsiya cho‘kmasi tarkibidan texnik gossipolni ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi Golden oil best» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2022 yil 11 oktyabrdagi OZ/3-840-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat sharoitida ishlab chiqarilayotgan press moyi tarkibidagi erkin gossipol miqdorini 0,5-0,7% ga oshirish imkonini bergan;
kam gossipolli paxta kunjarasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2306490001 tovar kod raqamlari davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy bojxona laboratoriyasining 2022 yil 1 iyuldagi 16/05-22-0374-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam gossipolli paxta kunjarasini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash omixta em bazasini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish