Sayt test rejimida ishlamoqda

Bekimbetov Ruslan Tursinbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nukus shahri sho‘rlangan gruntlarida bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashning o‘ziga xosliklarini muhandis-geologik asoslash», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3012.
Ilmiy rahbar: Aimbetov Izzet Kallievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abduboki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nukus shahrining sho‘rlangan gruntlarida binolarni ishonchli qurish va foydalanishning muhandislik-geologik ilmiy asoslarni ishlab chiqish, shuningdek gruntlarning o‘ziga xos xususiyatlari va fizik-mexanik xossalarini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Nukus shahri hududi gruntlarining betonga nisbatan agressivlik darajasiga ko‘ra muhandislik-geologik rayonlashtirish amalga oshirilgan hamda grunt suvlari va gruntlarning sho‘rlanishini sxematik GAT xaritalari tuzilgan;
Nukus shahrining muhandislik-geologik sharoitlari uchun qoqilgan qoziqli poydevorlarning uzunligi va yuk ko‘tarish qobiliyatining eksperimental korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan, Nukus shahri tasmasimon va qoqilgan qoziq poydevorlarining GAT - texnologiyalaridan foydalangan holda yuk ko‘tarish qobiliyatining sxematik xaritalari tuzilgan; 
Nukus shahrining muhandislik-geologik sharoitlari uchun birinchi marta tasmasimon va “plita” poydevorlarining maqbul o‘lchamlarini qabul qilishni PLAXIS kompyuter dasturidan foydalangan holda asoslangan;
ilk bor PMWIN 5.3 kompyuter dasturidan foydalangan holda Nukus shahrining gidrogeologik sharoitlariga Do‘stlik kanali va Achiko‘l ko‘lining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Nukus shahri sho‘rlangan gruntlarida bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashning o‘ziga xosliklarini muhandislik-geologik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nukus shaxrining sho‘rlanish sxematik xaritalari, sho‘rlangan gruntlar uchun hisoblab chiqilgan har xil o‘lchamdagi tasmasimon va qoziqli poydevorlarni yuk ko‘tarish qobiliyati va cho‘kishi bo‘yicha tuzilgan kompyuter GAT sxematik xaritalar va kesimlar “Nukusgorlandshaftproekt” MChJ loyihalash instituti faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy komunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 1 avgustdagi 05-04/1113-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nukus shahridagi binolarni kapital ta’mirlashga va rekonstruksiya qilishda ishonchli loyiha qarorlarini qabul qilish va hududda qurilish ob’ektlarini loyihalash, texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) vaqtini qisqartirishga imkoniyat yaratgan;
PLAXIS kom`pyuter dasturi yordamida bajarilgan bino cho‘kishini hisoblash natijalarining dala kuzatuvlari bilan qiyosiy tahlili va Nukus shahrining turli muhandislik-geologik sharoitlari uchun tasmasimon va “plita” poydevorlarining optimal o‘lchamlarini qabul qilish uchun berilgan asos, “Qurilishda, geoaxborot va shaharsozlik kadastrida muhandislik izlanishlari” davlat loyiha-qidiruv institutining Qoraqolpog‘iston filiali («O’ZGASHKLITI») faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 1 avgustdagi 01-07/01-1531-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhandislik-geologik tadqiqotlar vaqtini qisqartirish va Nukus shahrida loyihalash tizimining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
PMWIN 5.3 kompyuter dasturidan foydalangan holda Do‘stlik kanali va Achiko‘l ko‘lining Nukus shaharining gidrogeologik sharoitlariga ta’sirini aniqlanishi natijada, Nukus shaxrining grunt suvlarini pasaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalari “UzGIP” MChJ Qoraqalpog‘istondagi sho‘’ba karxonasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 1 avgustdagi 01-07/01-1531-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nukus shahrining drenaj tizimining samaradorligini oshiradigan loyihaviy qarorlarini qabul qilish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish