Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdurasulova Surayyo Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston hududida tarqalgan shilliqqurtlar (Gastropoda terrestria nuda) faunasi, ekologiyasi va ho‘jalik ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B241.
Ilmiy rahbar: Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Izzatullaev Zubaydullo Izzatulluevich, biologiya fanlari doktori, professor; Shakarbaev Erkin Berdikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tarqalgan shilliqqurtlar faunasining zamonaviy holatiga baho berish hamda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turlar tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida shilliqqurtlar faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 3 ta oila, 5 avlod va 8 kichik avlodga mansub 19 turi aniqlangan;
Turcomilax natalianus Michaelis, 1892, Turcomilax turkestanus Simroth, 1898 turlari O‘zbekiston faunasi uchun birinchi bor aniqlangan;
biotoplardagi namlik darajasiga nisbatan shilliqqurtlarning ekologik guruhlari (gigrobiont, mezobiont) asoslangan;
ilk bor O‘zbekiston sharoitida Candaharia rutellum va Lehmannia valentiana turlarining biologiyasi va hayot sikli aniqlangan hamda rivojlanish bosqichlari ochib berilgan;
o‘ta o‘zgaruvchan Sandaharia levanderi va Deroceras reticullatum turlarining yadro ichida transkripsiyalangan rDNK genlarining ITS-18 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan;
O‘zbekiston hududida tarqalgan shilliqqurtlarning 10 turi eng zararli ekanligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston hududida tarqalgan shilliqqurtlar (Gastropoda Terrestria nuda) faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekiston hududida tarqalgan shilliqqurtlarning taksonomik tarkibini aniqlash, ularni ekologo-faunistik jihatidan tahlil qilish hamda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turlar tarkibini aniqlash yuzasidan olingan ma’lumotlardan №A-7-53 «O‘zbekistonda gel`mint kasalliklarni tarqatishda ishtirok etadigan quruqlik mollyuskalarning tur tarkibini aniqlash va ularning xo‘jalik ahamiyatini o‘rganish» (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha tadqiqotlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 21 senyabrdagi 02-15/5353-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorva mollarining parazitar kasallik bilan zararlanishning oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Sandaharia levanderi (Namangan), Sandaharia levanderi (Surxondaryo), Sandaharia aethopis va Deroceras sp. turlarining rDNK ITS-18 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar Milliy markazi (NCBI) bazasiga kiritilgan (Biotexnologik axborotlar Milliy markazining (NCBI) 2021 yil 5 iyuldagi ma’lumotnomasi). www.blast.ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, S.levanderi (Namangan) - MZ497095, S.levanderi (Surxondaryo)- MZ504287, C.aethopis- MZ504288 Deroceras sp -MZ504289 identifikatsiya raqamlari olingan va ular shilliqqurtlarning molekulyar- filogenetik o‘rnini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish