Munavvarxonov Zokirxon Toxirxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy va ikkilamchi xomashyo asosida modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallarni tarkibini va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3011.
Ilmiy rahbar: Talipov Negmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ravshan Isroilovich, texnika fanlari doktori, professor; Tulyaganova Vasila Sunatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyo asosida modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallarni tarkibini va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gips bog‘lovchisi asososidagi kompozisiyaning tarkibiga kiritiladigan modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
gips boglovchisi tarkibiga modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning kiritilishi bog‘lovchi matrisasining kristall strukturasini va hajmini o‘zgartirishi aniqlangan;
gips boglovchisi tarkibiga modifikatsiyalovchi organomineral ingredientlarning kiritilishi gips kompozisiyasining strukturasini tartibli, zichroq shaklda shakllantirishga, g‘ovaklikning pasayishiga va fizik - mexanik ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelishi aniqlangan;
modifikatsiyalangan gips materiallari asosida kompozision quruq qurilish aralashmalarining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan gips materiallari asosida kompozision quruq qurilish aralashmalarining strukturasi va fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi to‘ldiruvchilarning miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision gips materiallarini olishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy va ikkilamchi xomashyo asosida modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallarni tarkibini va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision gips materiallarini olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi «SLATE BRAND» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 6 oktyabrdagi 05/15-2499-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi olingan modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallarining mustahkamligi 25-30% ga, suvga chidamlilik koeffisienti esa 1,5-1,6 baravar oshirish imkonini bergan;
mikroto‘ldiruvchi va modifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalari bilan modifikatsiyalangan gipsli kompozisiyalar «SLATE BRAND» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 6 oktyabrdagi 05/15-2499-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan kompozision gipsli pardozlash materialining vertikal yuzaga yopishqoqlik mustahkamligini 1,8-2,0 baravar oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish