Sayt test rejimida ishlamoqda

Kiyamova Dilfuza Sharifovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosidagi kompozision materiallar ishtirokida ko‘mir  briketlarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3010.
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Dilafruz Quvatovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tolipov Nig‘mat Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Yakubov Salimjon Iminjonovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosidagi kompozision materiallar ishtirokida ko‘mir briketlarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past sifatli ko‘mir kukunlari va to‘ldiruvchilarni qayta ishlash orqali ko‘mir briketlarining yangi kompozision tarkibi ishlab chiqilgan;
bog‘lovchi moddalarning ko‘mir briketlarining fizik-mexanik xususiyatlariga (yonish issiqligi, yonish vaqti, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi) ta’siri asoslangan;
briketlarning asosiy sifat o‘zgarishlarining (siqilishdagi mustahkamlik va yonish issiqligi) presslash bosimiga, shixtaning namligiga va tarkibiga bog‘liqligini aniqlash asosida texnologik jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
briketlarning mustahkamlik xarakteristikalarining mexanik faollashtirilgan to‘ldiruvchilarning miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
«tarkib-tuzilish-xossa» orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘mir briketlarini ishlab chiqarishning samarali va resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosidagi kompozision materiallar ishtirokida ko‘mir briketlarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision materiallarni qo‘llab ko‘mir briketlarini yangi tarkibi ishlab chiqilgan va «SIFATLI BRIKKET SAVDO» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2022 yil 16 sentyabrdagi 01-13/1711-son ma’lumotnomasi). Natijada, 12 massa qism gossipol smolasi, 10,5 massa qism to‘ldiruvchi, 2,5 massa qism maqsadli qo‘shimchalar va 75 massa qism ko‘mir kukuniga ega bo‘lgan ko‘mir briketlarining optimal tarkibini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ko‘mir kukunlarini briketlash texnologiyasi «SIFATLI BRIKKET SAVDO» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2022 yil 16 sentyabrdagi 01-13/1711-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ko‘mir briketlarining mexanik mustahkamligini 76,0% gacha oshirish, briketlarning suv yutuvchanligini 2,2% ga va kul miqdorini 18,85% gacha kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilarini asosida ishlab chiqilgan mexanik mustahkam ko‘mir briketlari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi 9-sonli maktabda 750-875 m2 maydonni istish uchun joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2022 yil 16 sentyabrdagi 01-13/1711-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir mavsumning o‘zida 43 tonna ko‘mirni iqtisod qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish