Sayt test rejimida ishlamoqda

Suvanqulov Sherali Abdumannanovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobillar ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun biogazlar tarkibini tanlash va samaradorligini oshirish», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T421
Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtiyor Imamovich , texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Mirzaev Baxodir Nuriddinovich 
Etakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun biogazlar tarkibini tanlash va samaradorligini oshirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biogazdan dvigatel` yonilg‘isi sifatida foydalanish uchun tozalashning kal`siy gidrokarbonad eritmasi (rastvor)dan o‘tkazish absorbsiyasi texnologiyasi ishlab chiqildi va biogaz tarkibidagi metan foizini oshirishiga erishilgan;
biogazning tarkibida metan miqdorini ortishi, quyi yonish issiqligi va zichligini o‘zgarishi, ya’ni tabiiy gaz ko‘rsatkichlariga mos kelishi yonuvchi aralashmalar o‘rtasida kimyoviy bog‘lanishning yo‘qligi qo‘shimchalar prinsipidan foydalangan holda aniqlangan; 
biogazda ishlaydigan avtomobilning maksimal tezligi va tezlanishi, yonilg‘i tejamkorligi va ekologik  ko‘rsatkichlari benzinli dvigatel` ko‘rsatkichlariga yaqinlashishi «NIPO STANDART» sinov markazida «Corrsys Datron», «Sensus NM» va «ELAN CO-50» sinov majmualari yordamida aniqlangan;
o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash orqali yonilg‘i tejamkorligi, avtomobilning atrof-muhitga zararli ta’siri ko‘rsatkichlari va avtomobil` ichki yonuv dvigatellarining ekspluatasion ko‘rsatkichlarini boshqaruv ta’minot tizimini tavsiflovchi bog‘liqliklar o‘rnatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biogazda harakatlanuvchi transport vositalarining tortish-tezligi, yonilg‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
transport vositalarida ishlatiladigan gaz olish uchun biogazni keraksiz gazlardan tozalash moslamasi Sirdaryo viloyati Xovos tumani «Oltin Osiyo Invest» MChJ va Jizzax viloyati Forish tumani «Sindorbek» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 2/796-842-son ma’lumotnomasi). Natijada, reaktordan olingan biogazni ortiqcha gazlardan tozalash qurilmasi orqali SO2 dan tozalangan biogaz transport vositalarida yonilg‘i sifatida foydalanilgan;
transport vositalarining tortish-tezlik va yonilg‘i tejamkorligi xususiyatlari tadqiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 2/796-842-son ma’lumotnomasi). Natijada, biogaz yonilg‘isi bilan harakatlanganda avtomobilni 100 km/soat tezlikka erishish vaqti, eng yuqori o‘rtacha tezligi, tortish-tezlik va yonilg‘i tejamkorlik ko‘rsatkichlari ortgan;
biogazning quyi yonish issiqligi qiymatining minimal ruxsat etilgan qiymatini hisobga olgan holda uning tarkibini tanlash orqali transport vositalarini ekologiya va atrof-muhitga ta’siri, chiqindi gazlarning zaharlilik darajasi aniqlangan va ijobiy natijalar olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 2/796-842-son ma’lumotnomasi). Natijada, biogaz yonilg‘ilari qo‘llanilganda dvigateldan chiqayotgan chiqindi gazlarning zaharlilik darajasi benzin yonilg‘isiga nisbatan 80-90% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish