Sayt test rejimida ishlamoqda

Jo‘raev Toyir Omonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elastik yarim tekislikda joylashgan inshootlarda turg‘un bo‘lmagan to‘lqinlar ta’siri xususiyatlari (Svoystva vozdeystviya neustanovivshixsya voln na soorujeniya, naxodyashhiesya v uprugom poluprostranstve)», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2751
Ilmiy rahbar: Axmedov Sharifboy Ruzievich, texnika fanlari nomzod, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash negizida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismayilov Kubaymurat, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Baxodir Sobirovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi portlash to‘lqinlari ta’sirida gruntda va himoya inshootlarda hosil bo‘ladigan zo‘riqish holatini eksperimental tadqiq qilish xamda himoya inshootlarda xosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni nazariy tadqiq qilish medodikalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlash to‘lqinlari ta’sirida himoya inshootlarini va yarim fazoni dinamik xususiyatlarini xarakterlovchi yangi samaralarni ifodalovchi P(t) = Ppod (t) + empirik formula tavsiya etilgan.
portlash yuklanishlarining ta’sirida to‘rtburchakli va silindrik shakldagi himoya inshootlari elementlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini eksperimental tadqiq qilish uchun hisoblash metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
himoya inshootlarini burchak nuqtalarida kontur kuchlanish o‘zining maksimal qiymatiga erishishi, ya’ni qaytgan to‘lqinlarning ko‘p martali superpozisiyasi natijasida kontur kuchlanishning yig‘ilishiga va ular tufayli yoriqlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
portlash yuklanishlari va qaytgan to‘lqinlarning superpozisiyasini hisobga olib ishlab chiqilgan metodika va algoritm asosidagi natijalar, N.I. Popov va B.S. Rastorguev metodikasiga nisbatan jarayonlarning aniqlik darajasini 15%  gacha ortishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi portlash jarayonida sodir bo‘ladigan kuchlanganlik va deformatsiyalanganlik holatlarini hisoblash usullari va algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bino va inshootlarni loyihalashda tarqaladigan seysmik to‘lqinlarning kinematik parametrlarini hisoblashda Buxoro OOO “Uzjamoaloyiha” MChJ hamda «Neftgazelitstroymontaj» MChJ korxonalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi. Ma’lumotnoma №09-06/11793, 17.10.2022 y.). Natijada qaytgan to‘lqinlarning ko‘p martali superpozisiyasi tufayli kontur kuchlanishning 15% gacha ortishi e’tiborga olingan;
suyuqlik oquvchi egri chiziqli quvurga nostatsionar yuklanishlar ta’sir etganda quvur xavfli kesimlaridagi kuchlanish–deformatsiya jarayonlarini hisoblashda dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan metodika va algoritmdan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020 yillarda bajariladigan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzudagi fundamental loyihada foydalanilgan (Ma’lumotnoma №89-04/3151, 07.12.2021y.). Natijada suyuqlik oquvchi egri chiziqli qovushoq–elastik quvurning xavfli kesimlarini aniqlash va rezonans yuz berishini oldini olish imkoniyatini bergan;
portlash to‘lqinlari ta’sirida qovushqoq-elastik gruntli muhitda joylashgan silindrik konstruksiyalarning turg‘unligini baholashda Buxoro muxandislik -texnologiya institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F4-14 «Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Ma’lumotnoma №04/05-86/919, 10.10.2021y.). Natijada ko‘p qatlamli suyuqlikli kompozit silindrik qobiqda noturg‘un to‘lqinlar tarqalishi jarayonidagi kuchlanish–deformatsiya holatining har bir nuqtadagi taqsimotini aniqlashga va baholashga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish