Sayt test rejimida ishlamoqda

Obidov Donyorbek Xolmamat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tukli to‘qimalarni ishlab chiqarishda xomashyo namligini to‘quvchilik jarayoniga ta’sirini tadqiq qilish” 05.06.02 –  To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T1459 
Ilmiy rahbar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Kurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdulaev Ulug‘bek To‘lanbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tukli to‘qimalarni ishlab chiqarishda xomashyo namligini to‘quvchilik jarayoniga ta’sirini tadqiq qilish orqali to‘qimani sifati va mahsuldorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
to‘quv dastgohida zamin va tuk tanda iplarini uzilishini oldini olish va mahsulot unumdorligini oshirish uchun bir me’yorda namlab turuvchi yangi konstruksiyadagi qurilma yaratilgan;
yaratilgan tanda iplarini namlash qurilmasi yordamida to‘quv dastgohida harakatlanayotgan tanda iplarini namlash muhitidagi havo namligini 80% - 85% ga oshirishga erishilgan hamda namlikni inobatga olgan holda tanda ipidagi tolalarni ishqalanish kuchlarini aniqlovchi hisoblash formulasi tavsiya etilgan;
yangi yaratilgan tanda iplarini namlash qurilmasini qancha masofada joylashishi, sovutish harorati, havoni berish tezliklarini markaziy nokompozision tajriba asosida optimal parametrlari aniqlangan; 
zamin va tuk tanda iplarini namligini nazorat qilish uchun Flprog o‘lchash dasturi yordamida harorat va namlikni aniqlovchi hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: To‘quv dastgohlarida tanda iplarini namlash qurilmasini ishlashi va to‘quv dastgohida tanda iplarini uzilishlar sonini kamaytirish, dastgohning unumdorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Namangan viloyatidagi mavjud klasterlarga qarashli “Art Soft TEX” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasini O‘zto‘qimachiliksanoat uyishmasining № 03/25-2428 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan to‘quv dastgohidagi tanda iplarini namlash hisobiga dastgohda ip uzilishlar soni kamaygan va to‘qimani sifati oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish